Budjet taşkilotlariga korporativ bayramlar taqiqlandi

Matn13-dekabr, 2020, 20:182 daqiqa0 koʻrish

❗️Yangi yil arafasida budjet taşkilotlariga korporativ bayramlar ötkaziş taqiqlandi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan:

➖ vazirlik, idoralar, davlat uluşi bölgan korxonalar va boşqa taşkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari taşkil etiş taqiqlandi;

➖ korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablağlarni taʼlim, soğliqni saqlaş, mehribonlik uylari va boşqa ijtimoiy sohalarga yönaltiriş tavsiya etildi;

➖ yuqoridagi çeklov restoran, kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş obyektlarida 30 kişidan oşmagan hamda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda bayram tadbirlarini ötkazişga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi;

➖ maktabgaça taʼlim taşkilotlari, umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvçilar, öquvçilar va talabalar iştirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va keçalarini taşkil etiş va ötkaziş taqiqlandi;

➖ fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida ötkaziş tavsiya etildi;

➖ yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar uçun möljallangan “Prezident arçasi” bayram tadbirlari faqatgina mehribonlik uylari va bolalar şaharçalari tarbiyalanuvçilari uçun ötkazilişi belgilandi, bunda tarbiyalanuvçilarning birgalikda bir maskanda istiqomat qilişi inobatga olindi;

➖ restoran, kafe, çoyxona va boşqa umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida karantin çeklovlariga (mijozlarni joylaştirişda ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiy niqobdan foydalaniş, 30 kişidan oşmagan holda töy va oilaviy marosimlarni ötkaziş, şuningdek, dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş) qatʼiy rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça masʼul idoralarga tegişli topşiriq berildi.

✅ Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalarini hamda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş borasidagi xorijiy mamlakatlar ijobiy tajribasini inobatga olgan holda jamoat joylarida niqobdan foydalaniş böyiça tarğibot işlarini kuçaytiriş nazarda tutildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek