Davlat taşkilotlarida yangi yil korporativlari taqiqlandi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❗️Davlat taşkilotlariga yangi yil korporativlarining taqiqlanişi böyiça
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat taşkilotlariga yangi yil korporativlarini ötkaziş taqiqlangani haqida xabar tarqaldi.
Bu xabar rost. Taʼkidlaş joizki, uşbu qaror keça yoki bugun emas, balki 2 hafta oldin qabul qilingandi.
Maxsus komissiyaning joriy yil 30-noyabrdagi 90-son yiğiliş bayoniga köra, vazirlik, idoralar va boşqa davlat taşkilotlari hamda xöjalik birlaşmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin çeklovlari şaroitida aholi salomatligini taʼminlaş hamda davlat byudjeti mablağlaridan oqilona va samarali foydalaniş maqsadida yangi yil bayramini nişonlaş böyiça turli xil korporativ bayram va köngiloçar tadbirlar taşkil etiş taqiqlangandi.
Taşkilot rahbarlari uşbu çeklovga qatʼiy rioya etilişi uçun şaxsan javobgar etib belgilangan va çeklovni buzganlar tegişli javobgarlikka tortilişi ogohlantirilgan.
Fuqarolarga esa yangi yil bayramini imkon qadar uyda oila davrasida kutib oliş tavsiya etildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


