Oliy taʼlimdagi korrupsiya masalalari muhokama qilindi

Matn18-yanvar, 2020, 19:352 daqiqa0 koʻrish

​​Oliy taʼlim sohasiga bağişlangan videoselektor

18-yanvar kuni Boş prokuraturada boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev raisligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Videoselektor tarzida ötkazilgan yiğilişda oliy taʼlim sohasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş ahvoli va qonuniylikni taʼminlaşga doir masalalar muhokama qilindi. Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Boş prokuror öz maʼruzasida oliy taʼlim sohasida korrupsiya tarqalgan yönalişlarni sanab ötdi.

Jumladan, korrupsiya holatlari, asosan, talabalik safiga qabul qiliş, öqiş jarayonida topşiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy işi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaş va himoya qiliş, magistraturaga qabul, şuningdek, talabalarning öqiş joyini köçiriş, öqiş yönalişini özgartiriş hamda öqişga qayta tiklaşda korrupsiya holatlari kuzatilayotganligi körsatildi.

Yiğilişda sönggi ikki yilda tizimdagi 326 nafar xodim taʼlim jarayoni bilan boğliq jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilganligi, ularning 220 nafari kollej va litseylarga, 106 nafari oliy öquv yurtlariga töğri kelişi tanqid ostiga olindi.

Institut va universitetlarning jinoyat sodir etgan xodimlaridan 3 nafarini rektorlar, 5 nafarini prorektorlar, 15 nafarini dekan va dekan örinbosarlari, 62 nafarini öqituvçilar taşkil etadi.

Kollej va litseylarda esa, 34 nafar direktor, 31 nafar direktor örinbosari, 94 nafar öqituvçi jinoyatga qöl urgan.

P.S.: bu raqamlar faqat rasman aniqlangan holatlar xolos. Aniqlanmagan jinoyatlar soni bu raqamlardan ming marta köp.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. AKSU restoranida xayriya aksiyasi ötkaziladi

    01 daqiqa

Yana oʻqing