AKSU restoranida xayriya aksiyasi ötkaziladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Ovqatlaning va xayriyaga hissa qöşing
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Çto? Gde? Kogda?" körsatuviga Umar r.a. haqida Toşkentdan yuborilgan videosavol rosa aylandi, körgan bölsangiz kerak.
Uşbu savol muallifi Farhodbek Ortiqov bilan ançadan buyon qadrdonmiz. Ular hozirda yana bir döstim, mohir oşpaz Bahriddin Çustiy bilan hamkorlikda “AKSU” restoranlar tarmoğini yuritişadi.
Ertaga - 19-yanvar, yakşanba kuni "AKSU" restorani 1 yoşga tölganligi va yangi filial oçilişi munosabati bilan, AsiaUz savdo markazida joylaşgan yangi tarmoğida xayriya aksiyasi taşkil etilar ekan.
Kun mobaynida mijozlar, ayniqsa bolalar uçun turli xil tadbir va köngiloçar dasturlar taşkil etiladi, şuningdek kunlik savdo tuşumining barçasi Respublika gematologiya va qon quyiş şifoxonasida kam taʼminlangan bolalarning dori vositalari uçun sarflanadi.
Ertaga barçangizni AsiaUz savdo markazidagi “AKSU” restoraniga taklif etamiz. Keling, mazali ovqatlardan tanovul qiling va xayriyaga öz hissangizni qöşing.





