Andijon davlat universiteti xodimi pora bilan qölga tuşdi
ÖQIŞGA KIRITIŞNI VAʼDA QILGAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI XODIMI QÖLGA TUŞDI
Andijon davlat universitetining arxiv mudiri G.M. fuqaro Z.N.ga uning özini hamda tanişlari D.M. va M.Yu.larni mazkur universitetning “Tasviriy sanʼat” yönalişi böyiça “sirtqi” bölimiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan. Buning evaziga u har bir kişi uçun 4 ming AQŞ dollaridan talab qilib, jami 12 ming AQŞ dollarini öz xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan G.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritişga vaʼda berib, taʼmagirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor şaxslarga duç kelsangiz, Boş prokuraturaning qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun işlovçi işonç telefonlariga murojaat etişingizni söraymiz!», - deyiladi xabar sönggida.
👉 @xushnudbek 👈

