Saylov komissiyasi aʼzolariga iş haqi tölanmayotgani aytildi

Matn6-yanvar, 2020, 22:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Yodingizda bölsa, saylov komissiyalari aʼzolariga iş haqlari haligaça tölanmayotgani haqida yozgan edik. Maxsus botga uşbu masalada yuzlab xabarlar kelib tuşdi va biz deyarli barçasini Markaziy saylov komissiyasiga körib çiqiş uçun yubordik.

Bugun, 6-yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasining  navbatdagi majlisida MSK raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov ham mazkur muammoga eʼtibor qaratibdi.

«Saylov komissiyalari aʼzolariga oyliklar hali ham tölanmagani töğrisida Markaziy saylov komissiyasiga maʼlumotlar kelib tuşmoqda. Bu masalani hal qilgan edik.

Saylovga 10 kun qolganida barça hududlarga yetarli miqdorda mablağlarni ajratgan edik. Qanday qilib şu kungaça oyliklarini olmasliklari mumkin. Bu yoki davlat siyosatiga qarşi qilinayotgan iş, yoki saylovlarning obrösini tuşirişga harakat, deb öylayman. Barça viloyat mutasaddilari bu masalani oxiriga yetkazişi lozim.

Viloyat saylov komissiyalari raislari bu masalani zudlik bilan hal qilişi kerak», — dedi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov.

Zora endi saylov komissiyalari aʼzolariga tegişli tölovlarni tezroq tölaşsa...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek