Saylov komissiyasi aʼzolariga iş haqi tölanişi
Saylov komissiyasi aʼzolariga iş haqi qaçon tölanadi?
Avvalroq kanalimiz orqali saylov komissiyalari faoliyatiga jalb etilgan asosiy iş joyiga ega bölgan fuqarolarga kompensatsiya hamda vaqtinça işsiz bölgan va nafaqadagi fuqarolarga bir martalik iş haqi tölovlari amalga oşirilişi haqida yozgan edik.
Ayni şu mavzuda “bizga qaçon iş haqi berişadi” degan köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Markaziy saylov komissiyasi bilan boğlanganimizda maʼlum qilişdiki, hududlarda moliyaviy masalalarga masʼul bölganlar “allaqaçon hammaga iş haqini tölab berganmiz” deya hisobot taqdim etişgan ekan.
Hurmatli, saylov komissiyalari aʼzolari!
Yuzaga kelgan tuşunmovçiliklarni bartaraf etiş va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş maqsadida qaysi okrug hamda uçastkalarda haligaça tölovlar berilmagani haqida maʼlumot berişlaringizni söraymiz.
Tölovlar amalga oşirilmagan hudud nomi, okrug va uçastka raqamini quyida izoh sifatida qoldiring yoki @saylov_2019bot botiga yöllang.
Barça murojaatlar Markaziy saylov komissiyasiga körib çiqiş uçun yuboriladi.
👉 @xushnudbek 👈

