Harbiy xizmatçilarga tavsiyanoma beriş tartibi muhokamada
“Muddatli harbiy xizmatni ötayotgan harbiy xizmatçilarga Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qöşma qaror loyihasi muhokamaga qöyildi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/12013
Nizom loyihasida harbiy xizmatni ötayotgan fuqarolar qanday qilib imtiyoz beruvçi tavsiyanoma olişi mumkinligi belgilangan.
Qaror loyihasi 19-yanvarga qadar muhokama qilinadi.
Eslatib ötaman, ötgan yilgi özgarişlarga köra, harbiy tavsiyanoma olganlarga beriladigan imtiyozlar qayta körib çiqilgan. Ilgari tavsiyanomasi borlarga hamma OTMlarda olgan balining 50%i qöşib berilgan bölsa, ötgan yildan boşlab, faqat harbiy OTMlarga topşirgandagina 50% ball qöşiladigan böldi. Harbiy bölmagan OTMlarda tavsiyanoma olganlarga heç qanday ball qöşilmaydi, ular alohida kvota böyiça özaro kuraşadi.
👉 @xushnudbek 👈

