Madad NNT bepul huquqiy maslahat botini işga tuşirdi
“Madad” NNT tomonidan fuqarolar uçun navbatdagi qulaylik!
Avval xabar qilinganidek, “Madad” – muassasa şaklidagi nodavlat notijorat taşkiloti “Advice.uz” (“e-maslahat.uz”) huquqiy axborot portali orqali aholiga onlayn rejimda bepul huquqiy maslahatlar berib kelmoqda.
“Madad” NNT tomonidan yangi – 2020-yilda fuqarolar foydalanişlari uçun yana bitta muhim yangilik yaratildi.
Endi fuqarolar huquqiy masalalar böyiça öz savollarini qulay Telegram bot orqali yuborişlari mumkin.
Buning uçun Telegram messenjeriga @madadnnt_bot manzilini kiritiş va “Start” tugmasini bosiş lozim. Bunda heç qanday röyxatdan ötiş talab qilinmaydi.
Onlayn-maslahatçilar fuqarolarning huquqiy masalalar böyiça savollariga qisqa vaqt içida bepul huquqiy maslahatlar va tuşuntirişlar beradilar.
Savollaringizni hoziroq yuboriş uçun quyidagi havolaga öting:


