Özbekistonda «Madad» nodavlat taşkiloti taşkil etildi

Matn9-sentabr, 2019, 09:471 daqiqa0 koʻrish

Adliyadan yana bir yangi taşabbus

Adliya vazirligi tomonidan aholiga beğaraz huquqiy yordam körsatiş maqsadida ezgu işga qöl urildi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Adliya vazirligining taklifiga asosan Aholiga huquqiy axborotni yetkaziş va yuridik yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Madad» nodavlat-notijorat taşkiloti taşkil etildi.

Uşbu muassasa aholiga bepul huquqiy maslahat hamda amaliy huquqiy yordam körsatadi.

Buning uçun, har bir tuman (şahar)da bosqiçma-bosqiç «Madad»ning huquqiy maslahat byurolari taşkil etiladi.

Maʼlumki, aprel oyida Adliya vazirligi tomonidan Advice.uz portali işga tuşirilgan bölib, unda jamiyat hayotining barça jabhalarini qamrab olgan asosiy huquqiy masalalar böyiça 1000 dan ortiq kontentlar joylaştirilgan.

Qarorda taʼkidlanişiça, «Madad» muassasasiga Advice.uz (e-maslahat.uz) portalini doimiy takomillaştirib boriş vazifasi ham yuklandi.

✅ Şuningdek, u quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:

👉 fuqarolarga onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat beradi;

👉 hududlarda maslahat byurolarini taşkil etiş orqali fuqarolarga doimiy ravişda bevosita bepul huquqiy maslahat berib boradi;

👉 huquqiy maslahat berişga oid sörovlarni tahlil qilgan holda qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqadi;

👉 huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy özgarişlar bilan uyğun ravişda oşirib boriş işlariga köngillilarni jalb qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek