Asakada Huquqiy maslahat kuni tadbiri ötkazildi

Matn6-iyun, 2018, 11:571 daqiqa0 koʻrish

​​Andijon viloyat adliya boşqarmasi taşabbusi bilan 5-iyun kuni Asaka tumanida navbatdagi “Huquqiy maslahat kuni” tadbiri taşkil etilibdi.

Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beriş, huquqiy yordam körsatiş uçun viloyatda faoliyat körsatayotgan deyarli barça davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmat xodimlari jalb etilgan.

Aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etiş çoralari körilgan. Jumladan, 2 nafar voyaga yetmagan bolalarga tuğilganlik haqidagi guvohnomalar şu joyning özida tantanali ravişda topşirilibdi (turli sabablarga haligaça ololmagan ekan).

Tadbir yakunida Asaka aholisi uçun konsert dasturi ham namoyiş etilgan.

Aytişlariça, bu kabi tadbirlar dastlab Paxtaobod tumanida, keyinçalik Xonobod şahri hamda Şahrixon va Baliqçi tumanlarida taşkil etilgan ekan.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek