Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonda 2 ta yangi çet tillari instituti taşkil etildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Çet tillariga ixtisoslaşgan 2 ta institut taşkil etildi

Prezidentning tegişli qarorlari (1, 2) bilan quyidagi 2 ta yangi institut taşkil etildi:

— Andijon şahrida Andijon davlat çet tillari instituti;
— Namangan şahrida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti.

Ikkala institutda ham öquv jarayoni 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi va talabalarga ikkita xorijiy til böyiça kvalifikatsiya beriş amaliyoti yölga qöyiladi.

Keyingi yildan, yaʼni 2023/2024 öquv yilidan boşlab Institutning bakalavriat taʼlim yönalişlariga kiriş imtihonlarida fanlar majmuasidagi çet tili fanidan 4 ta könikmani (tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş) baholaşga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi. Bunda:

çet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon DTM tomonidan amalga oşiriladi;

çet tili böyiça B2 va undan yuqori sertifikatga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan öqişga kiriş sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Qarordan anglaşilişiça, joriy yilgi qabulda abituriyentlardan test sinovlari olinadi, keyingi yildan ijodiy imtihonlar böladi.

Ikkala institutda ham 2023/2024 öquv yilidan boşlab xorijiy tillar öqituvçilari S1 darajadan kam bölmagan sertifikatga ega bölişi lozim. Şuningdek, xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam bölmagan sertifikatga ega öqituvçilarga ularning bazaviy lavozim maoşiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qöşimça ustama haqi tölab boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 851
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek