Muqobil energiya qurilmalari uçun kompensatsiya tölanadi

Foto10-iyun, 2022, 20:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Muqobil energiya manbalarini örnatgan aholi va tadbirkorlarga kompensatsiya beriladi

Bu haqda bugungi videoselektorda Şavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

Yangi tizimga köra, har bir örnatilgan quyoş va şamol elektr uskunasi uçun, quvvatiga qarab, 15 mln sömgaça, suv isitiş qurilmasi uçun esa 2 mln sömgaça kompensatsiya tölanadi. Yoki uskuna qiymatini 3 yilda foizsiz, bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi.

Yana bir qulay tomoni, buning uçun biron-bir idoraga boriş şartmas. Hamma hujjatlar uskuna xarid qilinadigan joyda hal etiladi. Bu tizim Energetika vazirligining maxsus jamğarmasi orqali joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari barça jarayonlarni raqamlaştirib, uşbu yangi tizimni 1-sentabrdan yölga qöyiş böyiça körsatma berdi.

Şuningdek, 2023-yildan savdo va köngiloçar majmualar, restoran, mehmonxona, yoqilği quyiş şoxobçalari, aeroport, vokzal, tijorat banklari kabi köplab binolarda issiq suv taʼminoti va taşqi yoritişning bir qismini muqobil energiya hisobidan qoplaş talabi kiritiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 775
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek