Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarga imtiyoz qöllaş tartibi
Harbiy tavsiyanoma olganlarga imtiyozni qöllaş tartibi qanday?
Köpçilik şu savol bilan murojaat qilayotgani uçun aniq misol bilan tuşuntirmoqçiman.
Harbiy xizmatda bölib, Qömondonlikning tavsiyanomasini olgan abituriyentlar uçun umumiy kvotaning 5%i miqdorida qöşimça joy ajratiladi. Bunda:
kunduzgiga - 5179 ta;
sirtqiga - 1568 ta;
keçkiga - 251ta joy ajratilgan.
Batafsil kvota mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6159
Kvotalar OTMlar kesimida taqsimlangan.
Köpçilik "yönalişlar kesimida neçta joy borligini qanday bilsak böladi, axir raqamlar umumiy OTM uçun berilganku" deb söraşadi.
Yönalişlar kesimida kvota bölinmaydi, umumiy OTM böyiça hisoblanadi. Ammo unaqada yönalişlar çalkaşib ketmaydimi?
Keling, Özbekiston milliy universiteti misolida körib çiqamiz.
ÖzMU uçun harbiy tavsiyanomasi borlarga jami 165ta qöşimça örin berilgan, şundan 39tasi grant, 126tasi kontrakt. Lekin ÖzMUda yönalişlar juda köp. Aytaylik, tarix va iqtisodiyot yönalişiga topşirgan tavsiyanomalilar qanday qilib özaro kuç sinaşadi?
Buning tartibi quyidagiça:
➖ tuşuniş osonroq bölişi uçun ÖzMUga 3ta grant, 7ta kontraktga, jami 10ta joy berilgan deb tasavvur qilamiz;
➖ aytaylik ÖzMUga jami 40 nafar harbiy tavsiyanomasi bor abituriyentlar röyxatdan ötdi;
➖pastdagi 1-rasmga qarasangiz, 40 abituriyent turli yönalişlarga topşirdi va har biri turliça ball töpladi;
➖dastlab 40 abituriyentning ballari özaro saralanadi;
➖ÖzMUga hujjat topşirgan tavsiyanomalilar orasida eng yuqori ball olgan 10 nafar abituriyent qöşimça kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda alohida rang bilan berilgan). Demak, ularning dastlabki uç nafari grantga, keyingi 7 nafari kontraktga olinadi;
➖qöşimça kvotaga kira olmay qolgan 30 abituriyent özining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda iştirok etadi, yaʼni bali yetsa kiradi, yetmasa kirolmaydi;
➖rasmga qarasangiz, imtiyozli kvotaga kirgan 10 nafar abituriyent turli yönalişlarni tanlaganini körasiz. Agar köproq ball töplaganda boşqa yönalişdagilar kirgan bölardi.
Kvotalarni yönalişlar kesimida emas, OTMlar uçun umumiy berilişining sababi şunda.
❗️BU MUHIM❗️
Afsuski qabulga oid qarorlarning bir mantiqqa zid joyi ham bor. 4-10-örinda kontraktga kirgan harbiy tavsiyanomalilarning bali umumiy kvotada byudjetga yetişi ham mumkin edi.
Masalan, 4-örinda turgan Usmon 141,1 ball töplab psixologiya yönalişiga kontraktga kirdi. Ammo umumiy kvotada bu ball byudjetga yetardi deb tasavvur qilamiz. Yaʼni agar Usmon tavsiyanoma olmaganda, u psixologiya yönalişiga byudjetga kirgan bölardi. Lekin imtiyozlilarning bali avval alohida hisoblanişi tufayli u 4 yil kontraktda öqişga majbur böladi.
Boşqaça aytganda Usmon uçun imtiyoz foyda bermadi, aksinça zarar qildi.
Ehtimollar nazariyasi böyiça şunaqa bölişi mumkin. Qonunçilikdagi uşbu böşliqni bartaraf etiş, agar imtiyozli abituriyent öz kuçi bilan grantga kirsa, uni kontraktga ötkazmaydigan tizimni yölga qöyiş kerak. Şunda ham adolatli, ham mantiqiy yeçim böladi.
‼️Beşta yönalişni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yönalişga ötadi. 2 va undan keyingi yönalişlarda qöşimça kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnaşiladi.
Xullas, tartibi şunaqa. Qöşimça kvota beradigan boşqa imtiyozlar (nogironlar, xotin-qizlar, içki işlar va harbiylarning farzandlari) ham mana şunday prinsipda hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈



