Akmal Burhonov proporsional saylov tizimiga ötişni taklif qildi
Manba:davletovuz
“Yuksaliş” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov proporsional saylov tizimiga ötişni taklif qilayapti
“Kuni keça eʼlon qilingan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga bölib ötgan saylovlarning yakuniy natijalariga eʼtibor qaratilsa, jamoatçilik fikri sörovlari va prognozlardan farq qilmoqda. Yaʼni, amaldagi majoritar saylov tizimiga köra, fuqarolar qançalik u yoki bu siyosiy partiyani qöllab-quvvatlamasin, yakunda baribir nomzodlar orasidan eng munosibini saylaşlari kerak böladi.
Fikrimizça, xalqaro tajribadan kelib çiqib, Özbekistonda ham proporsional saylov tizimini (hozirça qisman) joriy qiliş maqsadga muvofiq böladi. Xususan, 150 ta saylov okrugining teng yarmida, yaʼni 75 ta saylov okrugida saylovçilarga siyosiy partiyalar uçun ovoz beriş amaliyotini joriy qiliş lozim.
Şunda mazkur okrugda ğolib bölgan siyosiy partiya öz aʼzolari (partiya röyxati) orasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga vakil körsatiş hamda uşbu deputatning mandatini tugatiş vakolatini yaratadi”.
https://www.facebook.com/burhanov.akmal/posts/10157847283239294

