Aloqabank yangi raqamli xizmatlarini taqdim etdi
Aloqabankning yangi raqamli xizmatlar taqdimoti haqida
Bugun “‘Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Aloqabank” yangi raqamli xizmatlarini taqdim qildi. Loyihalar içida Aloqabank Business ilovasini yuridik şaxslar uçun bank xizmatlari körsatişda salkam inqilob desa ham böladi. Mazkur ilova orqali korporativ mijozlar tölovlardan tortib, konversiya, iş haqi loyihasi, depozit joylaş operatsiyalarigaça bölgan barça bank xizmatlarini mobil telefoni orqali osongina bajarişlari mumkin.
Eng qiziği, Navröz bayramigaça ilovadan foydalaniş uçun röyxatdan ötgan korporativ mijozlarga tarif rejalarida belgilangan komissiyalar böyiça umrbod 50 foizlik çegirmalar taqdim etilar ekan. Bu nima degani? Misol uçun, bankning xizmat körsatiş tarifi aylanma mablağdan 0,05% bölsa, 21-martgaça ilovani örnatsa, 0,025% etib belgilanadi.
Taqdimotda tadbirkor Husan Mamasaidov “boşqa bank mijozlari ham ilovadan foydalansa böladimi?” deb savol bergandi, bank vakillari afsuski boşqa bank mijozlari ilovadan foydalana olmasligi, ammo agar ular “Aloqabank”ni tanlaşsa, boşqa banklardan arzon bölgan tariflarni vaʼda qilişdi. Boşqaça aytganda “mijoz uçun öl, yetim” :)
Bundan taşqari Aloqabank “Mir” tölov tizimiga ulangan UzCard kartalarini çiqaruvçi birinçi emitentga aylangani eʼlon qilindi.
Xorijdagi migrantlarimiz uçun yaxşi yangilik esa, endilikda “Zolotaya Korona” tizimi orqali Özbekistondagi plastik kartaga onlayn pul ötkaziş imkoniyati yaratilibdi.
👉 @xushnudbek 👈

