Toşkentga kiriş uçun çeklovlar örnatildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❗️Toşkent yopilmoqda. Poytaxtga kimlar kira olişi mumkin?
Toşkent şahri qizil hudud deb, Samarqand va Toşkent viloyatlari esa sariq hudud topildi.
28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toşkent şahriga qöşni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali öta zarurat bölmagan hollarda kiriş böyiça çeklovlar örnatildi. SSV uşbu çeklov quyidagi holatlarga tatbiq etilmasligi haqida maʼlumot berdi:
📌Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga;
📌Toşkent şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) çet el fuqarolariga;
📌davolaniş uçun taşrif buyurayotgan şaxslarga;
📌Toşkent şahrida doimiy faoliyat körsatuvçi hududlardan keluvçi şaxslarga (iş joyi töğrisida tasdiqlovçi hujjat bölgan taqdirda);
📌Toşkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uçib ketuvçi şaxslarga (aviaçipta bölgan taqdirda);
📌Özbekistonga turist bölib kelgan çet el fuqarolariga va ularni olib kelayotgan avtotransport vositasining haydovçisi hamda agar guruhli jamoa bölsa, tarjimon yoki turistik firma vakiliga;
📌barça turdagi yuk taşiş, şuningdek, quriliş materiallari (qum, şağal va boşqalar) bilan boğliq hollarga, yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini har qanday avtotransport vositalarida hamda “Özbekiston poçtasi” AJning poçta jönatmalarini taşiş bilan boğliq hollarga;
📌soğliqni saqlaş tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga.
👉 @xushnudbek 👈

