Toşkent şahriga kiriş va çiqiş tartibi belgilandi

Matn23-mart, 2020, 21:411 daqiqa0 koʻrish

Toşkent şahriga kimlar kirişi va çiqişi mumkin?

Maʼlumki, 24-mart soat 00.01-dan boşlab boşqa hududlardan Toşkent şahriga kiriş (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yöl transporti vositalari orqali) töxtatiladi.

Lekin ayrim istisnolar amal qiladi. Xususan:

Toşkent şahrida doimiy röyxatdan ötgan şaxslar, şuningdek, Toşkent viloyatida doimiy röyxatdan ötgan holda Toşkent şahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat taşkilotlarida – iş beruvçi tomonidan taqdim etiladigan tegişli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk taşiş bilan boğliq hollarda Toşkent şahriga kiriş va çiqişga ruxsat beriladi.

Toşkent şahriga kiruvçi va çiquvçi şaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlaş böyiça majburiy tibbiy nazorat örnatiladi.

respublika hududiga xorijiy davlatlardan, şuningdek, Toşkent şahriga boşqa hududlardan kirib kelayotgan barça transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravişda dezinfeksiya qilinişi taʼminlanadi.

Asos: bugun qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 176-son qarori.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek