Zamin fondi 5 ming ayolga moddiy yordam berishni boshladi
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond öz faoliyatini 5 ming ayolga moddiy yordam berişdan boşladi
Karantin sababli qiyin ahvolga tuşib qolgan yurtdoşlarimizga yordam beriş taşabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengaşi tomonidan ilgari surildi.
«Zamin» fondi faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalarga qaratilgan. Jismoniy va yuridik şaxslarning xayriya badallari, şuningdek xalqaro taşkilotlarning grantlari Fond mablağini şakllantirişning asosiy manbalari hisoblanadi. Fond atrof-muhitni muhofaza qiliş, eşitiş qobiliyatida nuqsoni bölgan bolalar taʼlimini rivojlantiriş, şuningdek, ijtimoiy sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça qator loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirgan. Ammo hozirgi vaziyat öz hukmini ötkazmoqda.
Bugun kömak berişning ayni vaqti ekanini anglagan holda, fond vasiylik kengaşi aʼzolari xayrli işga hissa qöşişga qaror qildilar.
Şu bois loyihalarga jalb qilingan mablağlar oğir ahvolda qolgan ayollar va oilalarni qöllab-quvvatlaşga qaratildi. Beş milliard söm miqdoridagi xayriya mablaği Özbekistonning barça hududlaridagi yordamga muhtoj beş ming nafar ayolga yönaltirildi.
«Xavfsiz va öz vaqtida berilgan uşbu yordam qiyin kunlarda umidsizlikka tuşib qolganlarga umid baxş etsin, mehr va muruvvat oyi bölmiş muqaddas Ramazon oyida ularning oilalari va yaqinlariga iliqlik, quvonç va tabassum hadya qilsin», — deya izoh berdi vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva.
Bu yil, koronavirus pandemiyasi hukm surayotgan bir vaziyatda muhtojlarga yordam va muruvvat körsatiş har qaçongidan ham köproq ahamiyat kasb etib, Özbekiston xalqini yanada jipslaştiriş va barça sinovlardan yoruğ yuz bilan ötiş imkonini beradi. Faqat şu tarzda, mehr-oqibatli odamlarning kömagida, birgalikda va hamjihatlik bilangina qiyinçiliklarni yenga olamiz.
Maʼlumot uçun:
«Zamin» xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat taşkiloti sifatida Özbekistonda asos solingan. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanişiga hissa qöşiş va aholi turmuş darajasini oşiriş. Fond faoliyati haqida batafsil maʼlumotni www.zaminfoundation.ngo rasmiy veb-saytidan oliş mumkin.


