Zamin fondi koxlear implantatsiya dasturini boshladi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0



Xayrli işlar qança tez boşlansa şunça yaxşi
«Zamin» fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva 1-iyun kuni muntazam ravişda öquvçilarning eşitiş qobiliyatini tiklaş ustida iş olib borilişini maʼlum qilgan edi.
Bugungi xabarga köra, uşbu xayrli işlarning 1-bosqiçiga start berilibdi.
«Zamin» fondi ixtisoslaştirilgan maktablar öquvçilari uçun koxlear implantatsiya (jarrohlik yöli bilan elektron protez örnatiş) dasturini boşladi. Fond har yili 30 nafar bolaning jarrohlik amaliyotini ötkazib bermoqçi.
Ayni kunlarda Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida taşxis jarayoni boşlanib, dastlabki 10 nafar öquvçi audiolog, psixonevrolog, surdopedagog, otolaringolog, psixiatr va boşqa mutaxassislar tomonidan saralab olinmoqda.
⠀
Saralab olingan bolalar maxsus tayyorgarlik, jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya bosqiçlaridan ötadilar. Şundan söng xorijdan malakali şifokorlar çaqirilib, jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş rejalaştirilgan ekan.
👉 @xushnudbek 👈





