Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Faxriy jurnalistlarga moddiy kömak berilmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0
Масс-медиа фондининг табрикномаси ва Xavfsiz yordam лойиҳаси доирасидаги банк карталари

Faxriy jurnalistlarga moddiy kömak

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi karantin davrida faxriy hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yuzdan ortiq jurnalistlarga oziq-ovqat jamlanmalari yetkazib bergan edi.

Bu «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida jurnalistlarga kömak berişning birinçi bosqiçi bölgandi.

Mass-media fondi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida loyihaning ikkinçi bosqiçiga start berdi. Bunda jurnalistlar hamjamiyati tomonidan şakllantirilgan röyxat asosida moddiy yordamga muhtoj faxriy kasb vakillariga hisobida 1 million sömlik mablağ mavjud bölgan plastik kartalar navbati bilan tarqatilmoqda.

«Umid qilamizki, mazkur çoralar hozirgi muşkul vaziyatda oz bölsada kömak va yordam böla oladi», - deyiladi fond xabarida.

@massmediauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek