Mahmudxöja Behbudiy nomidagi stipendiya taʼsis etiladi

Matn26-iyun, 2020, 19:562 daqiqa0 koʻrish

​​Şavkat Mirziyoyev bölğusi jurnalist talabalar uçun Mahmudxöja Behbudiy nomidagi stipendiyani taʼsis etişni taklif qildi

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yölladi. Jumladan, tabrikda şunday jumlalar bor:

«Fursatdan foydalanib, jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinçiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va işonçli axborot yetkazib beriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarni atrofliça aks ettiriş yölida öz professional burçini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jurnalistlar ahliga çuqur minnatdorçilik bildiraman.

Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş borasida ham izlanişdamiz. Binobarin, bu yölda yutuqlar bilan birga, kamçilik va nuqsonlar bölişi ham tabiiydir.

Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning ötkir talab va mezonlari, eng muhim tendensiyalarini oçib beriş, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan örtaga taşlaş hali ham yetakçi örin egallamayotganini aytişga töğri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmoği yengil bölgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.

Yana bir muhim masala – ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetişmasligi jamoatçilikni taşvişlantirmoqda.

Bu boradagi eng asosiy vazifa – ana şunday kamçiliklarni çuqur örganib, ularni bartaraf etiş, mavjud miqdor körsatkiçlarini sifat körsatkiçlariga aylantiriş, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini oşirişdan iborat.

Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda eʼtirof etilgan, özgarmas talab va mezonlariga amal qilişimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist böladimi, bloger böladimi, bundan qatʼi nazar – ana şu qoidalarga amal qilişi şart.

Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqçiman. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uçun Mahmudxöja Behbudiy nomidagi stipendiyani taʼsis etsak, öylaymanki, bu ham yoşlarimizni milliy ğoya ruhida tarbiyalaşga xizmat qiladi.

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni va sizlarning ijod mahsulingizdan bahramand böladigan jamiki muştariy va muxlislaringizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Barçangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman».

Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek