Ziroat Mirziyoyeva Sardoba fojiasidan jabrlanganlar bilan uchrashdi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Bugun «Zamin» fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv ombori fojiasi natijasida uylari suv ostida qolib, boşqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar olib, ular bilan suhbatlaşdi.
“Zamin” fondi tomonidan boşlangan ijtimoiy aksiyaga köra, falokatidan jabr körgan barça yoşi uluğlarga sanatoriylar uçun, bolalarga esa yozgi oromgohlar uçun bepul yöllanma beriladigan böldi.
Bugun Sirdaryoda bölgan uçraşuvlardan ayrim xulosalarimni bölişmoqçiman.
Hamma yordamga şoşilgan. Fojiani özbekistonliklar yuragiga juda yaqin olişgan, jabrlanganlar bilan qalban birga bölişmoqda. Evakuatsiya qilinganlarning aytişiça, begona insonlar xuddi yaqin qarindoşlarday ğamxörlik qilişmoqda. Garçi hokimlik hamda xayriya markazlari orqali yegulik, kiyim-keçak va boşqa buyumlar olib kelinayotgan bölsa ham, yon-atrofda yaşovçi aholi ham doimiy ravişda evakuatsiya qilinganlarni yöqlab turişibdi ekan. Hatto har kuni sut-qatiqqaça olib çiqib turişibdi, deyişdi (xuddi “Ilhaq” filmidagi epizodga öxşaş).
Uyi suv ostida qolgan Hayitgul ayaning öğli bu yil tibbiyot oliygohining ordinaturasini tugatib, onlayn diplom olibdi. Yangi uyga kelin tuşiriş niyatida, Xudo xohlasa.
«Özbekistonda yaxşilar köp ekan. Oldin ham buni bilardimu, lekin bu darajada deb tasavvur qilmagandim. Şu sinov bahona insonlar bir-birimizni qadrlaşni örgandik, menimça. Bizga yordam berayotgan yaxşi insonlar haqqiga uluğ Ramazon kunlarida, namozlarimizda duo qilyapmiz», - dedilar Hayitgul aya.
Menimça, ustma-ust bölgan fojialar va pandemiya odamlarimizni tarbiyalamoqda, jamiyat xarakterida qandaydir yangi çizgilar paydo bölmoqda. Biz ham oxiri baxayr bölsin, deb duodamiz. Va yaxşilik qilişga şoşilgan barça insonlarga minnatdorlik bildiramiz.
👉 @xushnudbek 👈



