Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Alişer Usmonov ajratgan mablağ sirdaryoliklarga tarqatiladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Alişer Usmonov ajratgan mablağ suv toşqinidan jabr körgan sirdaryoliklarga tarqatiladi

Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov tomonidan ajratilgan mablağ yaqin kunlarda «Sardoba» suv ombori buzilişidan jabrlangan aholiga teng qiymatda bölib beriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 13-may kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida aytib ötgan.

Kun.uz manbasi xabariga köra, Alişer Usmonov ajratgan xayriya mablaği hozirda Respublika Mahalla fondi hisob raqamida turibdi. Mablağlar Ramazon hayitiga qadar tarqatilişi kutilmoqda. Bunga qöşimça tarzda Özbekiston hukumati tomonidan ajratilayotgan mablağlar ham jabrlangan aholi uçun oçilgan plastik kartalarga taşlab beriladi.

Yiğilişda Şavkat Mirziyoyev tadbirkor Alişer Usmonov nafaqat öz hamyurtlariga, balki ofatdan jabr körgan qozoğistonliklarga ham yordam berganini taʼkidlab, unga minnatdorçiligini bildirgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek