Sardoba uçun yiğilgan xayriya mablağlari hisoboti
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganXayriya aksiyasi yakuni haqida maʼlumot
Xabaringiz bor, «Sardoba» fojiasi munosabati bilan GoFundMe platformasida xayriya aksiyasi uyuştirgan edik. Unda asosan xorijdagi özbeklar iştirok etgan va jami 294 kişi ehsonga öz hissasini qöşgan edi. Saxovatli insonlar yordami bilan 19 ming 949 AQŞ dollari yiğgandik.
Bu pullarni qanday sarflaşni uzoq öyladik. Kanalimiz orqali muştariylardan maslahat ham söradik, 2 mingdan ortiq takliflarni körib çiqdik.
Avval aytganimizdek, umumiy summa kam bölgani uçun naqd pul sifatida tarqatiş yaxşi qarormasdi, çunki bir neça ming kişiga bölinsa, arzimagan miqdorga töğri kelardi.
Biz imkon qadar suv toşqinidan jabr çekkan uçta tuman fuqarolariga ham birdek foydasi tegadigan umumiyroq narsa qilişni istadik. Va oxiri tez tibbiy yordam maşinasi olib beriş variantida töxtadik.
Bugun Sirdaryo viloyatida böldim va saxovatli insonlar nomidan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlari tibbiyot birlaşmalariga bittadan, jami uçta «Damas» tez tibbiy yordam maşinasini topşirilişida qatnaşdim.
Nega aynan tez yordam maşinasi?
1) hozir insonlar salomatligini saqlaş eng muhim masala;
2) uzoq yillar tumandagi barça fuqarolarga xizmat qiladi;
3) talon-toroj, taniş-biliş, özlaştiriş yoki yeb ketişning iloji yöq;
4) bir neça yillik faoliyati davomida tez yordam maşinalari insonlar salomatligi uçun xizmat qilsa, ehson qilganlar şunça yil savobiga şerik bölib turişadi.
Umid qilamanki, uşbu tez yordam maşinalari heç bölmasa atigi 1 kişining hayotini saqlab qolsa ham, biz asosiy maqsadimizga erişgan bölamiz.
Fursatdan foydalanib, uşbu aksiyada qatnaşgan hamda qöllab-quvvatlab, öz maslahatlari bilan yordam berganlarga çeksiz minnatdorligimni bildiraman.
Alloh ehsonlaringizni dargohida qabul qilsin.
P.S.: yiğgan pulimiz uçta maşina olişga yetmay qolgandi. Yetmayotgan 28 mln 720 ming söm mablağni “ÖzAvtoSanoat” AJ xayriya sifatida ötkazib berdi va maşinalarni juda tez fursatda çiqarişga yordam berişdi. Ularga ham katta rahmat!
👉 @xushnudbek 👈



