Sardoba fojiasi uçun yiğilgan mablağni sarflaş böyiça maslahat
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Maslahatingiz kerak
Yodingizda bölsa, «Sardoba» fojiasida jabrlanganlarga yordam beriş uçun GoFundMe platformasida aksiya taşkil qilgandik.
Saxovatli insonlarning yordami bilan jami 19 ming 949 AQŞ dollari yiğildi. Bu Markaziy bank kursi böyiça hisoblasak, 203 mln söm böladi.
Şu bilan aksiyaga yakun yasamoqçimiz. Hozirda AQŞdagi vatandoşlarimizning kömagi bilan pulni platformadan yeçib olib, Özbekistonga olib keliş böyiça taşkiliy işlar qilinmoqda.
Endi oldimizda yanada masʼuliyatli iş turibdi, yaʼni bu pulni maqsadli va nisbatan ijtimoiy adolatli qilib sarflaş. Oçiğini aytsam, şu joyiga kelganda boşim qotib turibdi.
Uşbu summani jabrlangan aholiga pul körinişida tarqatganimiz bilan, köpçilikka urvoq ham bölmaydi. Jami 70 ming aholi evakuatsiya qilingan. Mayli, heç bölmasa 10 ming kişiga tarqatamiz desak ham, atigi 20 ming sömdan töğri keladi.
❓Şu vaziyatda maslahatingiz kerak. Qanday yölni tavsiya qilasizlar? Takliflaringizni yozsangiz xursand bölardim. Zora biror optimalroq yeçimini topsak. Rahmat.
👉 @xushnudbek 👈



