Özbekistonda viloyatlararo transport qatnovi töxtatiladi
⚡️RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator çeklovlar örnatilib, muayyan çoralar körilmoqda.
Xususan, 2020-yil 27-mart soat 10:00-dan eʼtiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, şaharlararo taksi, avia, temir yöl transporti)ning harakati (yuk taşiş hollari bundan mustasno) butunlay töxtatiladi. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) öz hududlariga kirib borişiga ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, viloyatlar tarkibidagi şahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtinça çeklanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining soğliğini himoya qiliş maqsadida zarur bölmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oşirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat taşkiloti xodimlaridan taşqari) uyidan taşqariga çiqişi çeklanadi.
Öta zarur hollardagina köçaga çiqqanda (dorixona, oziq-ovqat dökonlari) – şaxsiy himoya vositasi (niqob)da bölişi şart. Bordiyu fuqarolar uyidan taşqariga şaxsiy himoya vositasi (niqob)siz çiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Yaʼni, bazaviy hisoblaş miqdorining beş barobarigaça miqdorda – 1 mln 115 ming söm jarima qöllaniladi.
❗️Şuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar özaro muloqot çoğida 2 metr masofa saqlaşi şart. Köçada va jamoat joylarida 3 kişidan ortiq odamlarning töplanişiga çeklov örnatiladi. Bu taqiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qöllanilmaydi.
Respublika hududidagi barça köngiloçar obyektlar, şu jumladan restoran, kafe, oşxona, çoyxona, singari tadbirkorlik subyektlari (uyga yetkazib beriş xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlaşmaguniga qadar faoliyatini töxtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan keskin jazo çoralari körilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
