Koronavirusdan vafot etganlarni dafn etiş tartibi
Koronavirus kasalligi mavjud bölgan mayyitni dafn etiş töğrisida
Özbekiston musulmonlari idorasi uşbu masala böyiça tuşuntiriş berib ötdi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi tomonidan mazkur masala böyiça Misrning “Dorul-ifto” fatvo uyuşmasi fatvosi, Azhar ulamolari kengaşi fatvosi, Turkiya diyonat işlari boşqarmasi fatvolari örganib çiqildi.
Hozirgi kunda dunyo musulmon davlatlari tajribasida mayyitni yuviş, kafanlaş va dafn marosimi sanitar xodimlar yordamida şariatga muvofiq ado qilinmoqda. Uşbu amallarni bajarişda mayyitning yaqinlari iştirok etayotgani yöq. Marhumning yaqin qarindoşlari faqat janoza öqişda qatnaşmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi bilan özaro maslahat asosida, karantin holatida mayyitni imkon qadar şariatimiz körsatmalariga muvofiq yuviş, kafanlaş va dafn qilişga harakat qilinadi. Bu jarayonda Özbekiston musulmonlari idorasi vakili iştirok etadi.
Mazkur amallar farzi kifoya maʼnosidagi işlar bölib, baʼzi musulmonlar amalga oşirişsa, qolganlaridan soqit böladi.
Demak, koronavirus kasalligi mavjud bölgan mayyitni dafn marosimini faqat yaqin qarindoşlari vakillari iştirokida qiliş lozimdir.
Fatvoni batafsil öqiş:
http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/19505
👉 @xushnudbek 👈
