Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi onlayn ötkazilmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​Yuristlar va yuridik sohaga qiziquvçilar uçun tavsiya

Anʼanaviy tarzda ötkaziladigan Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forum koronavirus sababli qoldirilgan edi. Uning örniga «9½ onlayn forumi: koronavirus qonunlari» maxsus xalqaro onlayn forum taşkil qilindi. https://lfacademy.ru manzili orqali uşbu forumdagi maʼruzalarni tomoşa qilişingiz mumkin.

Pandemiya şaroitida va undan keyin yuridik soha ham katta özgarişlarga duç keladi. Sababi oddiy, çunki pandemiyadan keyin özi umuman ijtimoiy hayot tarzi ham özgaradi va bu yuristlar uçun yangi keyslar hamda vazifalarni paydo qiladi.

Bundan taşqari dunyodagi deyarli barça davlatlarda bunday kutilmagan favqulodda şaroitning huquqiy tomonlari batafsil belgilanmagani, köplab qonun-qoidalar, çeklovlar voqealar rivojidan kelib çiqib işlab çiqilayotgani va tez-tez özgarib turişi ham kuzatilmoqda.

Onlayn forum doirasida 10-aprel kuni Rossiya, Singapur, Armaniston hamda Özbekiston adliya vazirlari iştirokida oçiq majlisi bölib ötdi. Uşbu muloqotda Rossiya adliya vaziri Konstantin Çuyçenko ham ayni yuqoridagi masalada yaxşi fikr bildirdi. U aytdiki, hozirgi şaroitda fuqarolar yangi örnatilgan qonunlarni qaçon hurmat qilişni boşlaydi, qaçonki ular uşbu qoidalar nima uçun kerakligi va bundan qanday foyda borligini yaxşi tuşunsa. Buning uçun albatta köproq tarğibotga urğu qaratiş kerak.

Şaxsiy fikrimça, pandemiyadan keyin huquqiy munosabatlar onlayn, masofadan turib işlaşga möljallangan holda rivojlanadi. Bozorda IT sohasini yaxşi bilgan, uning nozik qirralarini anglay oladigan yuristlarga talab ortadi. Şu sababli, hamkasblarimizga maslahatim, böş vaqtingiz bölsa axborot texnologiyalarini, yangi trendlarni, internetdagi huquqiy munosabatlarni örganişga eʼtibor qarating. Bu kelgusida özingiz uçun foydali bölişi mumkin.

Onlayn forumda bugun 2 ta qiziq sessiya böladi. Birinçisi «Mehnat munosabatlarining yangilinaşi. Yangi şaroitlarda iş beruvçilar va xodimlar manfaatlarining muvozanatini topiş» deb nomlansa, ikkinçisi «Pandemiya va advokatura: kim kimga?» mavzusiga bağişlanadi. Körişni tavsiya qilaman.

P.S.: eʼtiborli jihati, adliya vazirlari majlisida Ruslanbek Davletov niqob bilan qatnaşdi va Özbekistonda niqob taqiş majburiy etib belgilangani, şu sababli hamma qoidalarga amal qilayotganini taʼkidladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek