LexUz portalida hujjatlar eʼlon qilinişidagi muammolar

Foto5-fevral, 2020, 22:281 daqiqa0 koʻrish

LexUz portaliga 5-fevraldagi (yaʼni bugungi) 61, 62-sonli qarorlar joylaştirilganu, lekin 31-yanvardagi 59-sonli qaror haligaça yöq.

Nima uçun normativ hujjatlarni eʼlon qilişning aniq işlaydigan tizimi yöq? Şunçalik qiyinmi bu iş? Yoki bunga ham albatta eng yuqoridan «siyosiy iroda» kerakmi?

Qabul qilingan qarorlarni rasman eʼlon qiliş uçun Adliya vazirligiga öz vaqtida yetkazib berişni kimdir nazorat qiladimi özi? Vazirlikni tuşunaman, ular yuqori turuvçi organ sifatida «KabMin»ga ortiqça eʼtiroz yoki qatʼiy talab qöya olmasa kerak. Lekin Vazirlar Mahkamasining özida ijro nazoratini kimdir yuritişi kerakku axir.

Menimça, qarorlarning tez imzolanişi yoki eʼlon qilinişi Hukumatdagi komplekslarga boğliq bölsa kerak. Qaysidir kompleks zör işlaydi, öşançun qarorlar köp kuttirilmaydi. Qaysidir kompleks esa aksinça, şunga doim muammo böladi.

Gapim kimlargadir yoqmasa ham aytaman, Vazirlar Mahkamasida taʼlim böyiça qarorlar masalasi azal-azaldan toşbaqa misoli sekin bölgan. Toşbaqadan ham sekinroq hatto!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek