Yoşlar qabul qilinayotgan qonunlar haqida biladimi
Yoşlar qabul qilinayotgan qonunlar haqida biladimi?
U-Report (Yu-Report) loyihasi haqida eşitganmisiz? Bu loyiha orqali yoşlar orasida turli mavzular böyiça ijtimoiy sörovnomalar ötkaziladi va ularning fikrlari jamlanadi. Sörovnomalarda qatnaşiş uçun @UreportUzbBot Telegram botiga kiriş kifoya.
Özbekistonda Yu-Report xalqaro loyihasi YUNISEF, Yoşlar ittifoqi tomonidan, Oliy Majlis Senati va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida amalga oşirilayapti.
Xullas, şu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda yoşlar qay darajada qabul qilinayotgan qonunlar haqida bilişini tadqiq qilib köribdi.
Sörovnomalarda 3500 nafar iştirokçi qatnaşgan.
SÖROVNING ASOSIY XULOSALARI:
1. Sörovda iştirok etgan yoşlarning 94% yangi qonun hujjatlari haqida (har doim, vaqti-vaqti bilan yoki faqatgina ularga tegişli masalalar böyiça) maʼlumot olişga qiziqadi.
2. Iştirokçilar tomonidan qonunçilik va yangi qonunlardagi özgarişlarning eng ommalaşgan manbalari deb Adliya vazirligining Telegram kanallari (34%) va Internetdagi OAVlar (22%) belgilangan.
3. Erkak respondentlarning aksariyati Adliya vazirligi va LexUz (59%) rasmiy kanallari orqali yangi qonunlar haqida maʼlumot olişni afzal körsa, qizlarning aksariyati esa (42%) OAVlardan (internetdagi OAV, televideniye, radio) maʼlumot olişar ekan.
4. Turli yoş guruhlari yangi meyoriy-huquqiy hujjatlar töğrisida öziga qulay turli xil axborot manbalarini körsatdi: 14 yoşlilar uçun blogerlar (20%), 15-19 yoşdagilar - öquv muassasalari (16%), 20 yoşdan yuqori bölganlar uçun – Internet naşrlari va televideniye. «Ijtimoiy tarmoqlar» sörov iştirokçilarining barça yoş guruhlari orasida eng ommabop axborot manbasi sifatida eʼtirof etildi.
5. Iştirokçilarning fikriga köra, yangi qonunlar töğrisidagi axborotni taqdim etişning eng ommabop 3 formati quyidagilar: qisqaça matnlar (45%), videoroliklar (31%) va infografika (jadvallar/rasmlar) (19%).
6. Iştirokçilarning 62% "LexUz" axborot-huquqiy portalidan foydalanişini aytib ötgan. Şu bilan birga, erkaklar orasida iştirokçilarning faqat 29% portaldan foydalanmagan, 4% esa bu nima ekanligini bilmasligini aytişdi. Sörovning ayol iştirokçilarining 41% esa portaldan foydalanmasligini, 11% LexUz haqida heç narsa bilişmasligini aytgan.
Yu-Reportyorlar qabul qilinayotgan qonunçilik taşabbuslari va özgarişlar haqida qayerdan maʼlumot olişni istaşadi degan savolga quyidagi javoblar berilgan:
1. Ijtimoiy tarmoqlar - 57%
2. Internet naşrlar - 20%
3. TV - 10%
4. Taʼlim muassasalarida - 5%
5. Blogerlar - 3%
6. Mustaqil ravişda jurnallarda / broşyuralarda öqiş - 2%
7. Boşqa - 2%
8. Radio - 1%
Iştirokçilar Xuşnudbek.uz kanalini ham tilga olişibdi, bundan bağoyatda xursandman ))
Sörovnomaning batafsil natijalari bilan quyidagi havolada tanişişingiz mumkin.
https://telegra.ph/Yoshlar-qabul-qilinayotgan-qonunlar-haqida-biladimi-Sorovnoma-natijalari-04-26

