Suvsoz korxonasi sovuq suv narxini keçikib eʼlon qildi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganQonunçilikni buzgan va isteʼmolçilar ustidan oçiqçasiga kulgan «Suvsoz»
Keça, yaʼni 25-aprel kuni, «Suvsoz»DUK saytida bir xabar çiqdi. Unda aytilişiça, Toşkent şahri aholisi uçun sovuq suv narxlari 24-apreldan oşirilibdi. Zör-a?! «Xabaringiz bormi, keça biz suv narxini oşirib qöydik» demoqçi «Suvsoz».
Undan ham zörini aytaymi? Sovuq suv narxini oşiriş haqidagi Toşkent şahar hokimining qarori 2-aprel kuni çiqarilgan ekan. Ha, töğri tuşundingiz, «Suvsoz» bu xabarni isteʼmolçilardan 23 kun davomida sir saqlabdi. Zörmi?
Yöq, yöq, hali qiziq voqealar tugamadi. Undan ham zör joyi, «Suvsoz» bugun öz saytidan keçagi xabarni öçirib taşlabdi. Hozir saytga kirsangiz, sovuq suv narxi oşirilişi haqidagi xabar yöq! Qörqoqlar!
Lekin ijtimoiy tarmoqlarda xabarning skrinşoti saqlanib qolgan (foto Zed News).
Qonunçilik nima deydi?
Işbilarmon.uz kanalida taʼkidlanişiça, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Isteʼmolçilarga suv taʼminoti va oqova suvni çiqariş xizmatlari körsatiş qoidalari»da şunday qoida belgilangan:
«119. Suv quvuri-kanalizatsiya xöjaligi (ISKX) taşkiloti quyidagilarga majbur:
içimlik suv taʼminoti va oqova suvni çiqariş xizmatlari tariflaridagi özgarişlar haqida ular amalda joriy qilinişidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yoki boşqa aloqa vositalari yordamida isteʼmolçilarni xabardor qiliş;»
Lekin «Suvsoz» 15 kun oldin emas, amalda joriy qilinganning ertasi kuni xabar bermoqda.
Aytingçi, isteʼmolçilarning ustidan bu darajada kuliş mumkinmi? Ha, mumkin.
Qaçon? Qaçonki sen Özbekistonda mutloq monopoliya bölsang, böldi, istagan işingni qilişing mumkin. Heç kim ğing demaydi.
Nari borsa, internetda xalq biroz minğir-minğir qilişi mumkin, lekin bunaqa paytlarda xabarni öçirib, sekingina «bizga baraban» rejimini yoqib olsangiz kifoya, odamlar gapirib-gapirib, oxiri unutib yuborişadi. «It hurar, karvon ötar», nima dedingiz, a, labbay?
Çunki Siz, monopol taşkilot sifatida, juda yaxşi bilasiz. Xalqning har qanday noroziligi Siz uçun 1 tiyin! Axir xohlaydimi, yöqmi, ular Sizning mahsulotingizni olişga, xizmatingizdan foydalanişga majbur. Boşqa qayoqqa ham borardi. «Çidasang şu, çidamasang katta köça» degan şiorni saytingizga yozib qöyişingiz ham mumkin-u, lekin sal istihola qilib turibsiz xolos.
Barakalla, «Suvsoz». Yaşasin, monopoliya! Ura, ura, ura!
👉 @xushnudbek 👈

