Röyxatdagi talaba pastga tuşadimi

Matn25-aprel, 2019, 21:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Röyxatdagi talaba pastga tuşadimi?

Bu savolni ham köpçilik bermoqda. Aytaylik, kira olmagan talaba apellyatsiya yoki sud orqali ğalaba qozonib, talabalikka qabul qilinsa, unda röyxatdagi oxirgi talaba pastga tuşib, öqişga kirmagan deb hisoblanadimi? Yoki kontraktdagi talaba byudjetga ötkazilsa, budjet röyxatidagi oxirgi talaba kontraktga tuşib qoladimi?

Bu savollarning javobini qabul töğrisidagi birorta qaror va nizomlarda uçratmaganman. Yaʼni uşbu holat qonunçilikdagi böşliq hisoblanadi.

Şunday bölsada, bu masala bugungi kungaça Davlat komissiyasi bayonnomasi (protokol) orqali hal qilib kelingan. Ammo bu unçalik ham töğri emas, sababi Davlat komissiyasining bayonnomalari normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi. Ertaga turli tuşunmovçiliklar kelib çiqmasligi uçun bu holat qonunçilikda aniq va batafsil qayd etilişi şart.

Birorta nizomda aniq qoidalarning yöqligi Davlat komissiyasiga istalgan qarorni qabul qiliş uçun şaroit yaratadi. Masalan, bir vaziyatda apellyatsiyadan yutgan abituriyentning hisobiga röyxatdagi oxirgi talabaga «uzr, Siz kira olmadingiz» deyiş ham mumkin, boşqa bir vaziyatda kvotalar sonini yana bittaga oşirib, röyxatning oxiridagi talabani saqlab qoliş ham mumkin. Bunday tartiblar korrupsiyaga moyil mexanizm hisoblanadi va maksimal darajada qonunçilikda bunday böşliqlarni bartaraf etiş tavsiya qilinadi.

Endi bevosita sudda ğalaba qozonilgan ikkala holatlarga kelsak.

Aytaylik, Pediatriya institutiga tavsiya qilingan jizzaxlik abituriyent şartnoma asosida talabalikka tavsiya etildi. Buning evaziga xuddi şu yönalişda oxirgi örinda kirgan va allaqaçon 8 oy öqib qöygan talabani çetlatiş kerakmi? U tölab qöygan kontrakt pullari qaytarib beriladimi? U olgan stipendiyalarçi?

Bugun talabaga aylangan abituriyent qanaqa qilib 8 oyda qoldirgan darslarini özlaştiradi, buning birorta tartibi bormi? U şartnoma pulini töliq tölaydimi yoki faqat may oyi uçun?

Yoki Tibbiyot akademiyasida kontraktdan byudjetga ötadigan talaba qizni olaylik. Byudjetga oxirgi örinda kirgan talaba kontraktga ötadimi? Byudjetga ötgan qizga şartnoma puli töliq qaytarib beriladimi yoki qisman? Qaysi huquqiy asosga köra?

Yana bir tomoni, öşa byudjetda oxirgi örindagi talaba apellyatsiya bera oladimi? Çunki avgust oyida natijalar uni töla qanoatlantirgan va şikoyat qilib ötirmagan, lekin hozir unga «kontraktga ötasan» deyilsa, balki uning ham apellyatsiyasi bordir? Balki öşa jin urgur 57-savol unga ham tuşgandir? Hozir apellyatsiya bersa, uning şikoyati körib çiqiladimi? Lekin Nizomda apellyatsiya beriş muddati 15 kun deb körsatilganku.

Köryapsizmi, savollar juda va juda köp. Ammo birortasiga javob yöq.

Eski gaplarni yana bir marta takrorlaşga majburman.

Meni bir narsa doim hayron qoldiradi.

Nima uçun taʼlimga masʼullar yillar davomida muammo bölib kelgan masalalarni qonunçilikka kiritmagan? Nizomlarga tegişli özgarişlar kiritilmagan, hujjatlar takomillaştirilmagan? Axir sud orqali ğolib çiqqan abituriyentlar ilgari ham bölganku. Yillar davomida bunaqa muammolarga şunçaki köz yumilib, hammasi oğzaki hal qilib kelinavergan. Heç kim «hoy, buning huquqiy asosi qayerda?» deb savol bermagan.

Mayli, ötgan yillar ötib böldi, bu narsalarni heç bölmasa endi töğrilaş vaqti keldi, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek