Şavkat Mirziyoyev Kristin Lagard bilan uçraşdi
Şavkat Mirziyoyev 25-aprel kuni “Dyaoyuytay” qarorgohida Xalqaro valyuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Jamğarmaning texnik kömagi tufayli yangi soliq siyosati va maʼmuriyatçiligi konsepsiyasi işlab çiqilib joriy etilgani, "Markaziy bank va valyutani tartibga soliş töğrisida"gi qonunning yangi tahriri loyihasi tayyorlangani, Özbekiston Davlat byudjeti ilk bor örta muddatli asosda işlab çiqilgani, mamlakatimiz XVJ statistika maʼlumotlari tarqatişning umumiy tizimiga qöşilgani ijobiy baholandi.
Kristin Lagard özining 2019-yil iyun oyiga möljallangan Özbekistonga taşrifi davomida muloqotni davom ettirişga umid bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
