Sudda yutgan abituriyentlarni öqişga qabul qiliş tartibi

Matn25-aprel, 2019, 11:503 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sudda yutgan abituriyentlar böyiça

Şu mavzuda bir neçta savollar kelib tuşmoqda, imkonim boriça birin-ketin fikr berişga harakat qilaman.

DTMda vakolat bormi?

Jizzaxlik abituriyent voqeasida sud u belgilagan javobni töğri deb topdi va DTMga uning ballini qayta hisoblaş hamda uni Toşkent tibbiyot institutiga talabalikka tavsiya etiş majburiyatini yukladi.

Keça xabar qilingan voqeada esa Tibbiyot akademiyasiga şartnoma asosida qabul qilingan talaba qizni byudjetga ötkaziş haqida qaror qabul qilingan.

Qiziq tomoni şundaki Özbekistondagi qabul jarayoni murakkab sxemadan taşkil topgan. Köpçilik bilmasligi mumkin, ammo DTM talabalarni öqişga qabul qiliş, kontraktdagi talabalarni byudjetga ötkaziş vakolatiga ega emas. Uning vazifasi şunçaki testni taşkil etiş va abituriyentlarning test sinovlari natijasini hisoblab beriş, tamom.

Unda talabani qabul qiliş vakolati OTM rektoridami, deb söraşingiz mumkin. Yöq, rektorlar ham bunday vakolatga ega emas. Öşançun ham qaysidir rektor “test sinovidan ötkazib, talabalikka qabul qilaman” deb vaʼda bergan bölsa, unga firibgarlik sifatida baholanadi, çunki rektorlar qölida testdan ötkazib qöyiş vakolati yöq.

Agar na DTM, na rektorda bunday vakolat bölmasa, unda abituriyentlarni öqişga kim qabul qiladi?

Javob: Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi!

Tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan Davlat komissiyasi kollegial maslahat organi hisoblanadi. Ayni mana şu komissiya öqişga qabul qiliş, kontraktdan byudjetga ötkaziş, öqişga tiklaş, öqişni köçiriş (perevod), super-kontraktga qabul qiliş va boşqa köplab vakolatlarga ega.

Qisqaroq qilib tuşuntirganda, abituriyentlarni öqişga qabul qiliş mana bu ketma-ketlikda amalga oşiriladi:

1) Imtihon ötkaziladi (test, ijodiy);

2) DTM yakuniy natijalarni hisoblab, OTMlar kesimida grant-kontraktga ajratgan holda Davlat komissiyasiga yuboradi;

3) Davlat komissiyasi 2 xil mazmunda qaror qabul qiladi:
a) davlat grantidagi abituriyentlarni talabalikka qabul qiliş haqida;
b) kontraktdagilarni esa talabalikka tavsiya qiliş haqida.
Kontraktdagilar dastlab qabul qilinmaydi, balki talabalikka tavsiya etiladi, qaçonki şartnoma pulini tölagandan söng ular qabul qilinadi.

4) Davlat komissiyasi öz qarorlarini OTMlarga yuboradi;

5) OTM rektorlari şu qarorlar asosida xuddi şu mazmundagi (qabul qiliş va tavsiya etiş) öz buyruqlarini çiqaradi.

Demak, yuqoridagilardan körinadiki, sudda ğalaba qozongan şaxslar birgina DTM orqali öqişga qabul qilinmaydi yoki byudjetga ötib qolmaydi. Bu masalada Davlat komissiyasining qarorisiz heç narsa özgarmaydi. Balki şuning uçundir, garçi uzil-kesil sud qarori 27-fevralda çiqqan bölsa ham, jizzaxlik abituriyent haligaça talaba böla olmadi.

Tibbiyot akademiyasida öqiydigan talaba qizni ham şu taqdir kutib turgan bölişi mumkin, çunki garçi u sudda ğalaba qozongan bölsa ham, ammo DTM uni byudjetga ötkazib qöyiş vakolatiga ega emas. Nari borsa, natijasini qayta hisoblab, Davlat komissiyasiga yuboradi, böldi. Uyoği nima böladi, Xudo biladi.

Şu sababli, hurmatli abituriyentlar, işni puxta qiliş kerak. Sudga berayotganda nafaqat DTMga, balki Davlat komissiyasiga ham majburiyat yuklaş töğrisida söraş kerak. Yöqsa, kalavaning uçini topa olmay, qoziq atrofida aylanib yuraverasiz.

Ha, aytgança, baʼzan öqişga kiritişni sörab, OTM rektorlarini sudga berganlar ham uçrab turadi, bu mutlaqo xato. Ular «ne priçyom», rektorlar Sizni öqişga kiritib qöya olmaydi. Haqqini talab qilib, sudlaşiş yaxşi, lekin töğri sudlaşiş bu - sanʼat!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek