DTM yana bir sudda yutqazdi: talaba byudjetga ötkaziladi
DTM yana bitta sudda yutqazibdi, bu safar kontraktdagi talaba byudjetga ötkazilişi kerak. Muammoli test savoli esa yana öşa!
Yodingizdami bundan avval Toşkent davlat pediatriya institutiga topşirgan jizzaxlik abituriyent sudda yutgani haqida xabar berilgandi.
Bu safar yana bir talaba sudda ğalaba qozonibdi. Kamola Botirova 2018-yilning iyulida Toşkent tibbiyot akademiyasiga hujjat topşirib, şartnoma asosida talaba bölgan edi. Lekin u davlat granti asosida öqişi kerakligiga amin bölib, DTMning apellyatsiya komissiyasiga şikoyat bilan murojaat qilgan. Lekin DTM ötgan safargidek, rad qilgan. Talaba esa sudga bergan.
Yunusobod tuman maʼmuriy sudining qaroriga binoan, talaba haq deb topildi va DTMga uning natijalarini qayta hisoblab, talabani byudjetga ötkaziş majburiyati yuklandi.
Bu voqeaning bir qiziq joyi bor. Ikkala voqeada ham biologiya fanidan bir xil savol xato deya topilgan. Mana öşa savol:
Oziq zanjirida vidra (yirtqiç hayvon), baliqlar, qisqiçbaqasimonlar va suvötlar bor. Uçinçi tartib konsumentlarining biomassasi 32 kg. bölsa, oziq zanjiri barça komponentlari isteʼmol qilgan oziqning umumiy biomassasini (kg.) aniqlang?
A) 35520;
V) 2800;
S) 35552;
D) 12852.
Variantlarning ahvolini qarang! 2 ta variant bir-biriga şu darajada yaqinki, xatto test tuzuvçilarning özi ham töğri javobda adaşib ketgan. Lekin qolgan 2 ta alternativ javoblar esa yer bilan osmonça bir-biridan farq qiladi.
Ikkala vaziyatda ham talabalar 35520 variantini belgilagan, DTM esa 35552 ni töğri degan. Sud mutaxassislarni jalb qilib, uşbu savolning töğri javobini 35520 deb topdi.
Yana bir juda va juda qiziq tomoni — ikkala vaziyatda uşbu savol abituriyentlarga 57-savol bölib tuşgan.
Endi boşqa savol: xöş, bu xato savol yana qança abituriyentning boşiga yetgan ekan-a? Qança abituriyentning apellyatsiyasini DTM nohaq rad qilgan ekan-a? DTM rad qilgaç, barça ham yurak yutib sudga boravermaydiku, töğrimi? Yoki istihola qiladi, yoki yugur-yugurni xuşlamaydi. Lekin bu ularning nohaq ekanligini bildirmaydiku.
Ötgan safar voqeaga öz munosabatimni bildira turib, tizimda ijtimoiy adolatning yöqligini aytgandim. Çunki sudda notöğri deya topilgan test savoli boşqa minglab abituriyentlarga ham tuşgan bölişi mumkin, şu sababli aslida mazkur savolni yeçgan va 35520 variantini belgilagan barça abituriyentlarga ball qöşilişi kerak, u apellyatsiya bergan yoki bermaganidan qatʼi nazar. Çunki DTMning xatosi uçun özgalar jabr çekmasligi kerak. Mana bu - ideal ijtimoiy adolat böladi!
Albatta bizning şaroitda bu şunçaki xomxayol, utopiya. Heç qaçon bunaqa qilişmasa kerak, ortiqça boşoğriq kimga ham kerak. Lekin yana ham kim bilsin, heç qaçon «heç qaçon» demagin deyişganku.
Sudda yutib çiqqan abituriyentlar uçun xursandman!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

