Uruş qatnaşçilariga 7,5 mln söm va milliy lentalar aksiyasi
Uruş qatnaşçilariga 7,5 mln söm. Tanqid qilingan Georgiy lentasi
Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 74 yilligi munosabati bilan uruş faxriylariga bir martalik pul mukofotlari beriladi.
Boş vazir rahbarligida ötgan selektorda ayni vaqtda hayot bölgan 878 nafar faxriylarga 7,5 million sömdan mukofot berilişi maʼlum qilingan.
Şuningdek, Boş vazir Georgiy lentasini tanqid qilgan. Feysbukda (ijtimoiy tarmoqlarda) Özbekiston bayroği aks etgan çellenj uyuştiriş, bunda Şahzoda, Rayhon kabi sanʼatkorlarni jalb etiş topşiriği berilgan. Faqat estrada vakillari emas, sportçilar, söz ustalari, ziyolilar ham bu aksiyaga qöşilişi kerakligi aytilgan. Umuman, propoganda maşinasini töla işlatiş topşiriği berilgan.
Boş vazir topşiriğiga köra, milliy bayroğimiz aks etgan lentalardan 100 ming nusxadan ziyod çop etiladi, tarqatiladi.
«Bu tadbir rasmiy tadbir emas, mehr bilan, vijdonan xalqni birlaştiradigan aksiya bölişi kerak», – dedi Boş vazir A. Aripov.
👉 @xushnudbek 👈


