Davlat test markazi sudda abituriyentga yutqazdi
Davlat test markazi sudda yana bir abituriyentga yutqazdi
Xabar.uz naşrida yaxşi bir maqola eʼlon qilinibdi (xabar.uz/vpc). Unda jizzaxlik abituriyent DTM ustidan sudga murojaat qilib, yutib çiqqani, lekin haligaça talaba böla olmagani haqida söz yuritilgan.
Xullas, masalaga köp töxtalmoqçi emasman, maqolani batafsil öqib çiqişni tavsiya qilaman.
Faqat ayrim xulosalarim bilan örtoqlaşmoqçiman:
1) Test savollarining sifati
Bu sud jarayonida DTMdagi ayrim savollarning sifati haliyam talab darajasida emasligi körinib qolgan. Javob variantlarining 2 tasi deyarli bir xil, qolgan 2 tasi osmon bilan yerça farq qilişi ham savolning sifatsizligini körsatadi.
Boz ustiga maqola muallifi töğri eʼtibor qaratgan, sud jarayonida biologiya fani mutaxassislarining özi 2 qutbga ajratilgan. Bir tomon A töğri javob degan, bir tomon S. Mutaxassislar-ki bahslaşadigan bunday masalalar abituriyentlarga mutlaqo berilmasligi şart va zarur!
2) Ijtimoiy adolatning yöqligi
«Zakovat» intellektual turnirlarida bitta qoida bor. Mabodo apellyatsiyada qaysidir jamoaning javob varianti töğri deya qabul qilinsa, xuddi şu variantni yozgan, lekin şikoyat qilmagan boşqa jamoalarga ham oçko beriladi. Masalan, töğri javob «çoy» bölgan deylik. Lekin bir jamoa apellyatsiyaga keldi va özlarining «suv» javobi ham töğriligini isbotlab berdi. Bunday vaziyatda «suv» deb javob bergan barça jamoalarga oçko berilişi şart, garçi ular şikoyat qilib kelmagan bölsa ham! Bu ijtimoiy adolat deyiladi.
Hozirgi vaziyatda sud orqali xato deya topilgan savol aslida qayta hisoblab çiqilişi kerak. Çunki xuddi şu savollar faqat sudlaşgan abituriyentga tuşmagan-ku! Qolganlar ham u kabi javob variantini belgilagan, lekin ularga ham DTM ekspertlari aybi bilan ball berilmagan. Demak, xuddi şu savol bazadan topilib, kimlarga tuşgan bölsa, ballari qayta hisoblanişi kerak. Mana bu ideal ijtimoiy adolat böladi.
Bu ularning haqi, apellyatsiyaga yoki sudga bermaganligi ularni bu haqdan mahrum qilmasligi kerak.
3) Qonunçilikdagi böşliqlarning köpligi
Kiriş imtihonlariga oid qonunçilikda böşliqlar juda köp. Amaliyotda şunday kazuslar böladiki, birorta hujjatda javobini topa olmaysiz. Masalan, hozirgi vaziyatda ham jizzaxlik abituriyent sudlaşib çiqqunigaça öquv yili tugay deb qoldi. Endi nima böladi? U talaba böladimi? Qanday asosga köra? Davlat qabul komissiyasi bayonnoma çiqaradimi? Agar talaba bölsa, uning qoldirgan darslari qanday qoplanadi? 1-semestr allaqaçon yopilib böldi, u qanday özlaştiradi? Xullas, savollar köp, lekin Nizomlarda javobini körmaganman.
Meni bir narsa doim hayron qoldiradi.
Nima uçun taʼlimga masʼullar yillar davomida muammo bölib kelgan masalalarni qonunçilikka kiritmagan? Nizomlarga tegişli özgarişlar kiritilmagan. Axir sud orqali ğolib çiqqan abituriyentlar ilgari ham bölganku.
Yoki biroz avval abituriyent qinğir yöl bilan öqişga kirgani isbotlansa, uni talabalar safidan çiqariş uçun huquqiy asos yöqligi haqida yozgandim. Aytişlariça, uşbu qoida yangi qabul qilinişi kutilayotgan qarorda aks etar ekan. Ammo bunaqa muammo 10-15 yil oldin ham bölgan-ku. Har yili şu kabi muammolarga duç kelib turişgan, lekin qonunçilikdagi böşliq töldirilmagan.
Şunaqa xos holatlarnig barçasi Nizomlar doirasida emas, alohida tartibda oğzaki hal qilinib ketilavergan.
Aslida esa bu kabi muammoli vaziyatlar tezda Nizomlarda aks etişi, huquqiy hujjatlar takomillaştirib borilişi kerak edi.
Taʼlimga masʼullar nimaga şunaqa qilişmagan, öylab öyimga yeta olmayman, rosti.
Nima bölganda ham jizzaxlik abituriyent Davron Tursunov talaba bölişi şart. Qolgan muammolarni oğzaki hal qilsa böladi :)
Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈



