Qinğir yöl bilan kirgan talabalarni çetlatiş tartibi
Baʼzilar adaşayotgani uçun maʼlumot örnida aytib qöyay: yuqoridagi sörovnomadagi 4K raqami, bu - 4 kişi degani emas. K - «ming» degani. Yaʼni 4 ming nafardan köproq kişi taklifni maʼqullaşgan, 300 dan köproq kişi qarşi.
Aytgança, bir huquqşunos döstimiz qinğir yöl bilan kirgan talabani çetlatişda 393-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandidagi qoida bir munça yordam berişi mumkinligini taʼkidladi.
Unda şunday deyiladi:
abituriyent tomonidan topşirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy taʼlim muassasasidan) çetlaştiriladi hamda hujjatlari örnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi.
Ha, uşbu fikrda qisman jon bor. Lekin bu band vaziyatga töliq yeçim emas.
Birinçidan, bu yerda abituriyentni çetlatiş haqida gap ketyapti, talabani emas. Bu ikkisi boşqa toifa.
Ikkinçidan, qinğir yöl har doim qalbaki hujjat bilan bölavermaydi. Masalan, abituriyent telefon orqali yoki yonidagi «kalla»ning yordami bilan, qiyofadoş «paravoz» tufayli, şpargalka, X-variant va yana biz bilmagan köplab usullarda talaba bölişi mumkin.
Şu sababli yuqoridagi qoidaning özi yetarli emas. Albatta VM qaroriga tegişli özgartiriş kiritiş haqida öylab köriş kerak, menimça.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
