Qinğir yöl bilan kirgan talabalar örnini töldiriş masalasi
Mavzuni davom ettirib
Menda yana bitta qiziq savol bor:
Qinğir yöl bilan kirgan talabalar OTMdan çetlatildi ham deylik. Xöş, ularning örniga pastdagi talabalar tepaga kötariladimi?
Aytmoqçimanki, 3 nafar talaba noqonuniy yöl bilan byudjetga kirgan bölsayu, keyinçalik ular çetlatilsa, unda öşa böşagan 3 ta öringa kontraktning eng tepasida turgan 3 nafar kontraktdagi talabalar byudjetga ötişi kerak emasmi?
Yoki öqişga kira olmaganlar röyxatining eng yuqorisida turgan abituriyentlar super-kontrakt emas, balki oddiy kontraktga kirişi kerak emasmi?
ŞUNDAY QILIŞ KERAK!
Ana şunda haqiqiy ijtimoiy adolat qilingan böladi. Axir testga masʼullarning aybi va xatosi natijasida kimlardir qinğir yöl bilan öqişga kirgan bölsa, bundan oddiy abituriyentlar aziyat çekmasligi kerak-ku.
Masalan, byudjetga atigi 1 ball yetmay kontraktga kirgan talabani olaylik. Agar test sinovlarida heç kim qinğir yöl bilan öqişga kira olmaganda edi, öşa abituriyent xuddi şu ball bilan kontraktga emas, balki byudjetga kirardi, töğrimi? Ammo afsuski bunday bölmadi, öta qattiq nazoratda ham ayrimlar "öyin" qila olişdi. Tegişli idoralarning saʼy-harakati bilan ertami-keçmi, ular foş ham etildi. Barakalla! Lekin savob işni oxirigaça qiliş kerak emasmi?
Özining emas, özgalarning aybi bilan kontraktga kirganlar, öqişga umuman kira olmasdan super-kontraktga tuşganlarning huquqini ham tiklaş kerak, menimça.
Bularning barçasi IMXO albatta.
P.S.: TDYUUdagi holat test sinovlaridagi şaxsni identifikatsiyalaş tizimi biz kutgançalik işonçli emasligini körsatib berdi. Toşkentning qoq markazida, boz ustiga nazorat öta qattiq böladi, deya taʼkidlangan Yuridik universitetda abituriyentlarning örniga boşqalar kirib ketgan ekanmi, qolgan joylardan şubha qilişga töla haqlimiz. Yöq, men kimnidir ayblamoqçi emasman. Sababi ilgari ham köp aytgandim, yangiça uslubdagi test sinovlarining birinçi yilida xato va kamçiliklar bölişi tabiiy, bundan darrov fojia yasamaslik kerak. Asosiysi uşbu kamçiliklar ustida işlab, keyingi yilda bunday qinğirliklarni maksimal darajada kamaytirişga harakat qiliş kerak (butunlay yöqotib bölmaydi baribir).
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


