UzAuto Motors yuristi daromad kamayganida OAVni aybladi

Matn30-dekabr, 2020, 13:231 daqiqa0 koʻrish

«Barçasiga senlar aybdorsanlar»

«ÖzavtoMotors» yuristi keça juda antiqa bayonot bilan çiqdi. Unda aytilişiça, kompaniya avgust-sentabr oylarida 562 mlrd kam daromad qilibdi va bunga sabab OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Maxsus buyurtma” asosida turli böhton va asossiz xabarlarning tarqatib borilayotganligi ekan.

Normal davlatlarda isteʼmolçilarning eʼtirozlari sabab kompaniya zarar körişni boşlasa, darrov yoki öşa tanqidlardan kelib çiqib xatolarini tuzatadi, yoki mijozlarga qöşimça yengilliklar, imtiyozlar beradi, yoki PR yönalişini kuçaytirib, imijini tiklaşga harakat qiladi (kulgili bayonotlar va mantiqsiz argumentlar bilan emas lekin).

Monopoliya örnatilgan, soğlom raqobat yöq davlatlarda esa, bunday vaziyatlarda "ey, norozi va böhtonçi xalq, munça hamma narsadan noliyverasanlar, qaçon odam bölasanlar özi, senlarning minğir-minğirlaringni deb buyoqda biz zarar köryapmiz, ovozingni öçirasanmi yöqmi, biz monopolmiz va şunga çidab yaşaşga majbursan, köp boşimizni qotirmasdan, boriga şukr qilib, musaffo osmon ostida ğing demasdan çidab yaşa" degan mazmundagi javob qaytariladi.

Bu tabiiy jarayon. Çunki isteʼmolçida boşqa tanlov yöq.

Avtosanoat mavzusida doim bitta pozitsiyada turganman va bu pozitsiyamni yana qaytaraman: zavod bilan olişişning ziğirçalik foydasi yöq, asosiy savolni Hukumatga berişimiz, ulardan noinsoflarça örnatilgan import bojini kamaytiriş, çinakam soğlom raqobat muhitini yaratişni söraşimiz kerak. Yöqsa barçasi BE-FOY-DA!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek