Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qonun eʼlon qilindi

Matn30-dekabr, 2020, 10:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Senat saytida Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qonun matni eʼlon qilindi

Xabaringiz bor, OAV va blogerlar tomonidan Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi jamoatçilikka biror marta eʼlon qilinmasdan, hattoki kiçik xabari ham berilmasdan Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingani, keyinçalik Senat Yalpi majlisiga kiritilganiga eʼtirozlar bildirilgan edi.

Eʼtirozlardan söng, Senat Yalpi majlisi kun tartibidan bu masala çiqarib taşlandi. Bugun esa Senat saytida qonunning töliq matni eʼlon qilindi.

Aslida bu işni Qonunçilik palatasi qilişi kerak edi. Qonunçilikda Senat tomonidan qonun loyihalari matni eʼlon qilinişi haqida birorta band yöq. Ammo «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining reglamenti töğrisida»gi Qonunning 15-moddasida birinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, Qonunçilik palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinişi aytilgan.

Qonunçilik palatasi 24-noyabrda qabul qilgan qonuni haqida heç bölmasa bir oğiz xabar berib ham qöymagan, jamoatçilikdan buni negadir "sir saqlagan". Eʼtirozlardan keyingina Rasul Kuşerbayev umumiy mazmunda öz kanali orqali maʼlum qilgandi.

Xullas, xalq saylagan, lekin haligaça özini xalqdan baland panjaralar bilan ajratib turadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining şu işiga 2 baho qöygan bölardim. 1 qöysa ham böladiyu, ha, mayli, Hojiboy Tojiboyevning latifasi hurmati 2 qöydim.

Butun boşli Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonunni qabul qilişib, lekin bu haqda jamoatçilikka lom-mim demagan Parlamentga yana qanaqa baho beriş mumkin, bilmadim?

Xullas, qonun matni bilan Senat saytidagi mana bu havola orqali tanişişingiz mumkin.

Mening fikru ojizimça, bu Qonun 1-yanvarga qadar tezlaştirilgan tartibda Senat tomonidan maʼqullanib, undan keyin imzodan çiqişi mumkin. Çunki daryoni körmasa ham etigini yeçib qöygan sud tizimidagi masʼullarimiz allaqaçon yöq sudlarning yöq lavozimiga sudyalarni tayinlab qöygan. Farmonga köra, ular 1-yanvardan işini boşlaşi kerak. Agar 1-yanvargaça Konstitutsiyaga özgariş kirmasa, ular havoda muallaq osilib qoladi. Va öz-özidan sud tizimi, şu islohotlarning boşida turganlar biroz şarmanda ham bölişadi. Şu şarmandalikning oldini oliş uçun Konstitutsiyaga juda tez, şoşilinç ravişda özgartiriş kiritiş talab etiladi.

Bu şunçaki mening taxminlarim, albatta. Qolganini boşimiz omon bölsa, köraveramiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek