Tanzila Norboyeva Konstitutsiyaga oid xabarlarni inkor qildi
Senat raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlarda Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş haqidagi qonun loyihasi Senat yalpi majlisida körib çiqilişi haqidagi xabarlarga izoh berdi va buni inkor qildi:
«Bu haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Bizning kun tartibimizda Konstitutsiyaga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisidagi masala kiritilmagan.
Bu masala xalqimiz bilan albatta maslahat qilgan holda kiritiladi. Konstitutsiya bu juda ham jiddiy, bizning asosiy qomusimiz. Bu iş xalq bilan bemaslahat qilinmaydi. Şuning uçun men sizlarni tinçlantirmoqçiman.
Sirli degan sözga alohida urğu bermoqçiman. Özbekistonda heç narsa sirli emas. Hamma masala oçiq, oşkoralik bilan qabul qilinyapti, körib çiqilyapti, xalq bilan bamaslahat qilinyapti», - dedi Tanzila Norboyeva.
👉 @xushnudbek 👈

