UzAuto Motors sudda Antimonopoliya qömitasi ustidan ğolib böldi
“UzAuto Motors" bu safar ham sudda ğolib böldi, Antimonopoliya qömitasining şikoyati qanoatlantirilmadi
Toşkent şahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasida “UzAuto Motors” AJ hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örtasidagi masala bugun mazmunan körib çiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Apellyatsiya sudlov hayʼatining qaroriga köra, birinçi instansiya sudining 2020-yil 30-oktabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi özgarişsiz, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Şuningdek, işni körişda taraf sifatida “Azimavtomotive” MÇJ va isteʼmolçilarni uçinçi şaxs sifatida jalb etiş töğrisidagi iltimosnoma rad etildi.
👉 @xushnudbek 👈


