Toşkent Siti boğiga kiriş pullik bölganiga munosabat

Albom18-dekabr, 2020, 10:211 daqiqa0 koʻrish

Keça tunda eʼlon qilgan postimni köpçilik tuşunmadi. Rostdan ham Xuşnudbekning kanali pullik bölarkan deb öylaşibdi, va hatto ayrimlar haqorat qilib ham yozdi😊

Balki ular “Toşkent Siti”ga kiriş pullik bölgani haqida eşitmagandir, şu sababli ham kosa tagida nimkosa maʼnosida yozilganini bilişmagan, degan yaxşi gumondaman.

Lekin şu birgina holat ham norozilik kölamini körsatib turibdi. Bu-ku oddiy bir Telegram kanal, endi tasavvur qiling, byudjetdan milliardlab mablağ ajratilgan, davlat tomonidan juda katta bojxona va soliq imtiyozlari berilgan, boşqaça aytganda qurilişida xalqning ham hissasi qöşilgan va eng asosiysi oçilgan paytida bepul bölişi haqida vaʼda berilgan obyektga kirişning pullik qilinişi jamoatçilikda qançalar norozilikni uyğotişi tabiiy.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek