Toşkentdagi soat-minora haykali olib taşlanadi
Toşkent şahrida örnatilayotgan köplab haykallar Troll.uz va boşqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan tanqid ostiga olingan edi. Ayniqsa, «Grand Mir Hotel» mehmonxonasi (sobiq «Rossiya») oldidagi çorraha örtasiga AQŞdagi «11-sentabr voqealari» qurbonlari xotirasiga işlangan soat-minoraning köçirmasini örnatişgani hammasidan oşib tuşdi. Bunaqa soatni Toşkent markaziga örnatiş uçun qanaqa mantiqni işlatişgan, hayronmiz.
Bugun xabar berilişiça, şahar hokimligi eʼtirozlarga javoban çorrahadagi uşbu soat-minorani olib taşlaşga qaror qilibdi.
Yaxşi. Jamoatçilik fikrini inobatga olişayotgani quvonarli hol.
Lekin soliq tölovçi fuqaro sifatida menda baʼzi savollar tuğiladi:
Bu haykalni sotib oliş, olib keliş, örnatiş xarajatlarini kim qopladi?
Agar hokimiyat hisobidan bölsa, unda xalq pulining taqdiri endi nima böladi, yaʼni haykal olib taşlangandan keyin, u qayerga ravona böladi?
Qaysidir omborxonada çang bosib yotadimi yoki boşqa joyga, “internetçilar”ning közidan uzoqroqqa olib borib örnatiladimi?
3-4 kundan keyin olib taşlanadigan bunday haykallarni sotib olib, örnatib, mablağni ortiqça isrof qilganlar bu işi uçun javob beradimi? Javob beriş deganda, aynan işdan haydaliş, javobgarlikka tortiliş yoki qamalişni nazarda tutmayapman, şunçaki xalq oldida izoh berişsa, şuning özi yetarli. Undan ortiqroq narsani talab qiladigan darajada katta ayb qilinmadi. Har holda 1-2 ta haykal butun boşli şahar köçalarining örtasiga temir panjaralar örnatib, keyin uni olib taşlaşdagi xarajat oldida heç narsa emas, demoqçiman.
Xullas, savollar köp, javobni esa kutişdan boşqa ilojimiz yöq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

