Amerika politsiyasi haqida şaxsiy taassurotlar
Manba:Floridiston
Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq maşinada yurardim. Özbekistondan olgan haydovçilik guvohnomam bilan. Uç oygaça yursa böladi öz davlatingiz bergan guvohnoma bilan. Florida ştati haydovçilik guvohnomasini oliş uçun test topşirişga borib, imtihondan çiqsam, maşina yurmayati. Öçib qolgan. Akkumulyator ötirgan. Aksiga olib, boşqa maşinadan zaryadlantirib oliş uçun işlatiladigan matohim ham yöq. Şunda öşa yerdagi “Pizza Hot”dan törtta pitssa kötarib çiqib, maşinasiga ötirayotgan politsiya hodimi meni körib qoldi.
— Yordam kerakmi? Nima böldi?
— Şu, motor yurmayapti.
— Akkumulyator ötirgan bölsa, kerak. Menda kerakli instrumertlar bor edi. Hozir olib kelaman.
Borib, asbob-uskunalrini kötarib keldi. Avval çang yiğilib qolgan akkumulyatorni tozaladi. Zanglab qolgan joylarini qirtişladi. Keyin maşinasini menikining oldiga olib kelib, 10-15 daqiqa özining batareykasidan zaryad berdi. Hamkasblari uçun idoraga olib ketayotgan pitssalari ham sovib qoldi bu orada. Lekin mening işimni hal qilib ketdi. Şunça vaqt davomida na şaxsimni tasdiqlaydigan, na bir boşqa xujjatimni söradi.
Yoz kunlarining birida maşina yana iş körsatib (şuning uçunam yangisini ovorganman, ja bir muammosi köp edi avvalgisining), katta trassada buzilib qoldi. Amallab çetga çiqib oldim. Ön daqiqaça ötib, çiroyli Dodge Charger maşinasida politsiya hodimi kelib, ahvolim qanaqa ekanini, qaçondan beri ötirganimni, maşinaga nima bölganini söradi. Aytdim. Avvalo, kun issiqligi uçun, maşinasidan ikki baklaşka muzdek suv olib kelib berdi. Keyin kapotni oçib, maşina bilan şuğullanişni boşladi. Özi eplolmaydigan iş ekanini tuşunib, yöl texnik yordam xizmatiga qönğiroq qilib, qayerda turganimni tuşuntirib, ularni çaqirib berdi. “Bepulga qilib berişadi”, — dedi-yu, menga omad tilab, biror gap bölsa 911 raqamiga qönğiroq qilişimni aytib, xayrlaşdi.
Qiziği har ikki safarda ham politsiya kelayotganini köriboq öz-özidan “obbooo, şu yetmay turuvdi”, — degan hayol ötgandi. Avtomatik ravişda başara burişib, ensa qotgandi. Bölmasa, qonun buzganim yöq, hamma xujjatim joyida. Politsiya ham menga yomon gapiriş, xatto yomon qaraşga ham ulgurgani yöq. Menga qilgan xuşmuomalasi, yordamlaridan keyin öşa hayol uçunam uyalib, ğalati bölib qoldim.
Yana bir-ikki marta şu kabi voqealardan keyin politsiyani körganda paydo böladigan öşa ensa qotişlar, “nima qilib qöydim ekan yana”, — degandek paydo böladigan özingni aybdordek his qilişlar yöqolib ketdi.
Men politsiyani hurmat qila boşladim.
Amerika politsiyasi bu — çiroyli, yaraşgan uniformalar, ajoyib maşinalar, oçiqköngillik, yordamga şaylik, xuşmuomalalik. Rasmga tuşib olsa böladimi siz bilan?, — deb sörasang, kamerangga kulib, qöllari bilan “zör” işorasini qilib turadigan yigitlar, kişilar, ayyollar. Ular hurmat va havasga, işonçga munosib. Har xolda şu paytgaça ular haqida menda paydo bölgan taassurot şunday.
https://img.tglab.uz/305472296/15324110195b56bc8b178c4.jpg

