Samarqanddagi 64-ixtisoslaşgan maktabdagi zöravonliklar

Matn23-iyul, 2018, 12:413 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Samarqanddagi dahşatli maktab-qamoqxona: ur-kaltaklardan töygan bolalar öz joniga qasd qilişga urinmoqda

«Gazeta.uz»da Samarqanddagi alohida saqlaş şaroitlari, tarbiya va taʼlimga muhtoj öğil bolalar uçun möljallangan 64-ixtisoslaşgan maktab haqida dahşatli material eʼlon qilindi. Oddiy qilib aytganda, bu maktab emas, balki bolalar qamoqxonasi. Özbekistonda yagona. Unda oğir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobga turgan, xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortiş yoşiga yetmagan 11—16 yoşdagi voyaga yetmagan bolalar joylaştiriladi.

Farzandlari şu maktabga joylaştirilgan ota-onalarning va şu maktabda işlagan, lekin haqiqiy ismini oşkor etişni istamagan xodimlarning sözlariga köra, maktab direktori va uning örinbosarlari, maktab xodimlari bolalarni tizimli ravişda kaltaklab, ularga jismoniy va ruhiy bosim ötkazmoqda, dars va maşğulotlar ötkazmay, bolalarni oğir jismoniy mehnatga jalb qilmoqda, yomon ovqatlantirib, tez-tez ularni oç qoldirmoqda.

🔹«Gazeta.uz»ga şikoyat qilgan onalardan birining farzandi — Elmurod 19-iyun kuni maktab direktori Şuhrat Sadinovning jiyani — maktabda tarbiyaçi bölib işlaydigan Şerzod Oçilov tomonidan kaltaklangan. Direktor uning yuzidagi momataloqni körib qolib, xonasiga olib kirib, «Seni bolalar urdi, Şerzod aka emas!», deb yana kaltaklagan.

🔹Bolalar ayniqsa keçki smenada juda qöpol munosabatga uçraydi. Nafaqat direktor va uning örinbosarlari, hatto psixologlar bolalarni kaltaklaydi. Yaqinda psixologlardan biri bolani şlang bilan kaltaklagan. Kunduzgi tarbiyaçilardan biri psixologga boladagi momataloqni körsatganida, «Heç narsani körmayapman, bu şunçaki quyoşda qoraygan», deb aytgan.

🔹Maktab maʼmuriyati xodimlari alkogol içimliklar içib ham tarbiyalanuvçilarga azob bergan. Masalan, bolalarni boks qopiga boğlab qöyib, ularni bepuşt qiliş uçun çov qismiga urişgan. Nosvoy çekkan bolalarni esa ovqatdan söng şu tamakini yutişga majbur qilişgan. «Bir safar avval heç nosvoy çekmagan navoiylik bir bolaga adaşib ikki paçka nosvoyni yutdirişgan. U kuni bilan qaltirab yurdi, lekin heç kim bu haqda şifokorga xabar bermadi».

🔹Maktabning sobiq tarbiyaçilaridan biri bolalarni kaltaklagan xodimlar ismini birma-bir sanadi: direktor Şuhrat Sadinov, öquv işlari böyiça mudir U.Şukurov, maʼnaviy işlar böyiça direktor örinbosari E.Vorisov, tarbiyaviy işlar böyiça direktor örinbosari Jasur Qöçqorov, katta tarbiyaçi Zuhriddin, tungi smena tarbiyaçisi F.Röziqulov va tarbiyaçi yordamçisi Şerzod Oçilov. Ularning bari direktorning yo yaqin dösti, yo qarindoşi.

🔹Bolalar oğir jismoniy mehnatga jalb qilinadi. Masalan, yaqinda maktabning bir qismi buzilgan — bolalar katta bolğa bilan betonlarni bölaklagan. Endi temir ğalvir bilan elab, beton bölaklarini qumdan ajratyapti. Keyin temir zambillarda xomaşyoni boşqa joyga taşiydi. Kiçik guruhlar ğiştlarni yiğmoqda. Belkuraklarning dastasi yoğoç örniga temirdan.

🔹Tarbiyaviy işlar böyiça direktor örinbosari Jasur Qöçqorov «Gazeta.uz» muxbiri bilan telefon orqali muloqotda barça ayblovlarni rad etgan: «Unday bölmagan. Bolalar bilan psixologlar işlaydi, ular heç qanday jismoniy mehnatga jalb qilinmagan. Ular faqat maşğulot va tögaraklarga borişadi». Maktab direktori Şuhrat Sadinov muxbirlarning qönğiroqlariga javob bermagan.

🔹Ur-kaltaklar sababli bolalar tez-tez maktabdan qoçadi. Ortga qaytarilganidan söng ular öz hayotiga nuqta qöyişga harakat qiladi. Xususan, buxorolik Behruzning otasi Bahodir Hamdamov ham buni tasdiqladi. Uning bolasi maktabdan qoçib, Kattaqörğongaça yugurib kelgan. Qoçganida boşida oçiq çandiq bölgan. Maktabga qaytarmoqçi bölişganida, parkka qoçib, u yerda özini osmoqçi bölgan. Uni militsionerlar öz vaqtida körib, qutqarib qolgan.

🔹Bolalar qörqib qolgan va haqiqatni aytişdan juda çöçiydi. Komissiya va işçi guruhlar tekşirgan vaqtda ular hammasi yaxşi, deyişadi. Agarda ularni maktabdan olib çiqib, maktab xodimlari, tarbiyaçi va rahbariyat iştirokisiz yakkama-yakka suhbat qilişsa, ular haqiqatni sözlab berişadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek