Ğarb davlatlarida politsiyaning aholiga munosabati
Aksariyat ğarb davlatlarida odamlar politsiyaga duşman emas, aksinça har qanday vaziyatda suyaniş mumkin bölgan döst kabi işonişi haqida köp bora eşitganmiz, öqiganmiz. Yuqorida Abror Qodirov ham Florida politsiyasi haqida yaxşi post yozibdi.
Özimda ham Italiyada şunga öxşaş holat bölgandi. Roma-Barselona uçraşuvidan soat 23:00 larda çiqdik. Rimdan Turinga qaytib ketişimiz kerak edi, poyezdimiz soat 00:15-da yurardi. Bemalol ulguramiz deb öylagandik, lekin unaqa bölmadi.
Stadiondan bir paytda 70 ming tomoşabin çiqqanligi uçun “Olimpiko” stadioni atrofida yengil maşinalar harakatlanişi vaqtinça çeklangan ekan. Hammayoqda odam, birorta maşina yöq lekin. Taksi tutiş haqida öylamasa ham böladi. Sal şahar markaziga çiqib oliş maqsadida avtobusga çiqdik. 6-7 ta bekatdan keyin tuşdik.
Lekin baribir taksi yöq edi. Telefonlarimizda aloqa yöq, internet orqali çaqiriş ham imkonsiz. Uyoqlarda Toşkentdagiga öxşab qöl kötarmasang ham, 10 ta maşina qatorlaşib töxtamaydi. Faqat haqiqiy taksilar töxtaydi xolos. Soat 23:30 böldi. Agar poyezdga ulgurmasak, ertalabgaça Rimda qolib ketişga majbur bölardik.
Şunda noiloj çorrahada turgan politsiyadan iltimos qildim. Turist ekanligimizni, 45 minutdan keyin poyezdimiz yurişini, taksi çaqirib berişlarini söradim. 50 yoşlar atrofidagi ayol kişi edi. Garçi köçada maşina va mototsikllar tiqilib yotgan bölsa ham, iltimosimizni rad qilmasdan telefoni orqali özi bilgan taksi kompaniyasiga telefon qilişni boşladi. Javob bermadi. Köçaning narigi tomonida turgan şerigini çaqirdi. “Birorta taksining nomerini bilasanmi, telefon qilib ber” deb söradi şekilli (italyançani tuşunmadim), u ham telefon qilişga tuşib ketdi. Xullas, futbol tugagaç buyurtmalar juda köpayib ketganligi uçun, böş taksi yöq deyişdi. Şunda haligi politsiyaçi bizga narigi çorrahagaça yugurib borişimizni, ratsiya orqali şeriklarini ogohlantirib qöyişini, ular taksi çaqirib turişini maslahat berdi. Oxirgi gapi ham zör çiqdi: “Afsus hozir kuçaytirilgan rejimda “naryaddamiz”, çorrahani taşlab ketiş mumkin emas, yöqsa özim maşinamda olib borib qöyardim”, - dedi.
Narigi çorrahaga qarab yugurib ketdik. Borsak u yerda ham 2-3 ta politsiya turibdi. Ulardan iltimos qildik. Ratsiya orqali aytganmi, yöqmi, aniq bilmadimu, xullas ular ham taksi çaqirişga rosa yordam berişdi.
Birortasi “Bor, boşimni qotirma, körmayapsanmi işimiz köpligini” demadi. Kerak bölsa 3-4 tasi birlaşib olib, masalamizni hal qilişga tuşib ketişadi. Muomalasi ham ajoyib.
Xullas, çetda yurgan paytda politsiyaga bemalol işoniş mumkin. Hozir bizda ham sekin-asta şunaqa bölyaptiku, köz tegmasin.
P.S.: Ha, aytgança, öşa payti yöldan adaşib bitta taksi ötib qoldi, politsiya yordamida bir amallab töxtatib, olgan mijozini tuşirib, xuddi “Taksi” filmidagi Emilyenga öxşab (hatto qarama-qarşi yöllardan yurib) vokzalgaça oborib qöygandi. Zörğa ulgurgandik poyezdga.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

