Samarqanddagi 64-maktab direktoriga jinoyat işi qözğatildi

Matn24-iyul, 2018, 13:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Samarqanddagi 64-ixtisoslaşgan maktab böyiça Boş prokuratura axboroti

23.07.2018y. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga fuqaro M.Mirzayeva murojaat qilib, öz arizasida Samarqand viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi 64-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internatida taʼlim olayotgan uning farzandi E.Mirzayev va boşqa tarbiyalanuvçilar internatning mansabdor va masʼullari tomonidan qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazilganligi haqida xabar berdi.

Mazkur holat Boş prokuratura rahbariyatining alohida nazoratiga olinib, şaxsan Samarqand viloyati prokurori tomonidan olib borilgan tekşiruv davomida aniqlanişiça, maktab-internati direktori Ş.Sadinov va boşqalar mansab vakolati doirasidan çetga çiqadigan harakatlarni qasddan sodir etib, öz faoliyatlari davomida maktab-internatining öquvçilari, voyaga yetmagan X. (2001 y.t.), E. (2006 y.t.) va Ö. (2003 y.t.)larni maktab tartib-qoidalariga rioya qilmayotganliklarini rökaç qilgan holda taʼlim-tarbiya davomida ularga rahmsiz muomalada bölib, muttasil ravişda urib, qiynab, ularga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan.

Viloyat STE byurosining 23.07.2018-yilgi xulosalariga köra, ariza bergan M.Mirzayevaning farzandi E.ning tanasida qator jarohatlar mavjudligi, ular “Yengil tan jarohatlari” guruhiga kirişi aniqlangan.

Jinoyat işi böyiça 89 nafar maktab-internati tarbiyalanuvçilariga nisbatan viloyat STE byurosi ekspertlari tomonidan guvohlantiriş harakatlari ötkazildi, tarbiyalanuvçilarning ambulator kartalari bayonnomalar asosida olinib, örganilmoqda.

Uşbu holat yuzasidan 23.07.2018-yilda Samarqand şahar prokurori tomonidan 64-sonli maktab-internati direktori Ş.Sadinov va boşqalarga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab-internati direktori Ş.Sadinov uşlangan, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş masalasi örganilmoqda.

Jinoyat işi tergovi viloyat prokurori tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek